Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida buyuk shoir, mutafakkir, davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 574 yilligiga bag‘ishlangan turkum tadbirlar bo‘lib o‘tdi - Bo`limga qaytish


06.02.2015


Meni men istagan o‘z suhbatig‘a arjumand etmas,
Meni istar kishining suhbatin ko‘nglum pisand etmas.
Alisher Navoiy

2015 yil 5 fevral kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Navoiy nazmig‘a boqsang...” mavzusida davra – suhbati, kun davomida esa “Tafakkur” o‘qish zalida “Ayladim ul mamlakatni yakqalam” deb nomlangan kitob – rasmli ko‘rgazma va kutubxona kinomarkazida “Alisher Navoiy” badiiy filmi namoyishi bo‘lib o‘tdi.
“Navoiy nazmig‘a boqsang” mavzusidagi davra – suhbatida taniqli navoishunos- olimlar, teatr aboblari, bastakorlar, yozuvchilar, shoirlar, tadqiqotchilar, talabalar, litsey, kollej va maktab o‘quvchilari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.

Navoiyshunos-olima Karomat Mullaxodjayeva Alisher Navoiyning adabiy merosi haqida gapirar ekan: “Alisher Navoiy ko‘ngil uchun she’rlar bitmadi –u o‘zini anglash, o‘zligini tushunish va boshqalarga o‘z falsafiy fikrlarini yetkazish maqsadida qalam tebratdi” deya uning “Hayrat ul abror”, “Hazoinul maoniy” kabi asarlarida ilgari surilgan xikmatlarni misol keltirdi. Shuningdek, Alisher Navoiyning o‘zbek va jahon adabiyoti, madaniyatiga, insonlar baxt- saodati, xalq farovonligi, mamlakat obodonligi, ona tilimiz rivoji uchun qo‘shgan ulkan hissasi, hozirgi kunda uning asarlari ustada olib borilayotgan ilmiy izlanishlar haqida navoishunos-olimlar f.f.d. Boqijon To‘xliyev va f.f.n. Vahobjon Rahmonovlar gapirdilar.

“Men saxnada 57 yildan buyon shoxu godo, olimu ishchi, xarbiy-yu savdogar kabi turli obrazlarni yaratib keldim, ammo men uchen eng azizi bu - Alisher Navoi siymosini gavdalantirish bo‘ldi. Razzoq Hamroyev, Zikr Muhammadjonov kabi betakror iste’dod egalari singari menga ham buyuk shoirni obrazini yaratish nasib etganidan men o‘zimni baxtiyor, deb hisoblayman”, dedi O‘zbekiston xalq artisti Yoqub Ahmedov va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Madina Muxtorova bilan birgalikda Oybekning “Alisher Navoiy” dramasidan parcha ijro etdilar.


Tadbirga O‘zbekiston xalq xofizi Hasan Rajabiy va shu sulola davomchisi yosh Yunus Rajabiylarning Alisher Navoiy qalamiga mansub “Qaro ko‘zim” va “Farxod va Shirin” dramasiga bastalangan ashulalari alohida ruh bag‘ishladi. Tadbirda Toshkent shahar 1-pedagogika kolleji o‘quvchilari o‘z she’rxonliklarini namoyon etib Mir Alisher Navoiy mumtoz lirikasi asosida mushoira kechasini taqdim etdilar. 135-umumta’lim maktabi o‘quvchilari tomonidan esa shoir qalamiga mansub asarlardan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Tabdir ishtirokchilari Alisher Navoiy ijodini o‘zlariga yangi qirralarini ochib, bo‘lib o‘tgan suxbatdan baxramand bo‘ldilar.


 

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar