Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida g‘azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 574 yilligiga bag‘ishlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi - Bo`limga qaytish


05.02.2015


2015 yil 5 fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida o‘tkazilayotgan g‘azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 574 yilligiga bag‘ishlangan turkum tadbirlar doirasida “Tafakkur” o‘qish zalida “Ayladim ul mamlakatni yakqalam” deb nomlangan kitob – rasmli ko‘rgazma ochildi.
Ko‘rgazmada Alisher Navoiy asarlariga sharhlar, uning hayoti va ijodiy faoliyatiga, uning falsafiy fikrlariga oid turli yillarda chop etilgan kitoblar namoyish etilmoqda.

Shuningdek, mazkur ko‘rgazmada foydalanuvchilar e’tiboriga dunyo tillariga tarjima qilingan Navoiyning tanlangan asarlari, g‘azallari, ruboiylari, o‘z asarlari izohi, ijtimoiy-falsafiy va axloqiy g‘oyalarga yo‘g‘rilgan xikmatlari va turli aforizm, maqol va matallari taqdim etilgan. Millatimiz g‘ururi, merosimiz asoschisi, o‘zbek mumtoz adabiyotining eng yirik namoyondasi, o‘zbek xalqining ulug‘ mutafakkiri Alisher Navoiy jahon adabiyoti, madaniyatiga, insonlar baxt-saodati, xalq farovonligi, mamlakat obodonligi uchun qo‘shgan hissasi beqiyosdir. Uning 3000 mingdan ziyod she’rlari, dostonlari, majoziy uslubda bitilgan g‘azal, ruboiylari va ilmiy qarashlari XV asr oxirlarida O‘rta Osiyodagi ma’naviy hayotni yoritib beradi.

Eski o‘zbek (chig‘atoy) tilida yozilgan asarlariga u Navoiy, forsiy tilda bitilgan baytlariga esa Foniy tahallusi bilan imzo chekar edi. Navoiyning ijodi turkiy tillar adabiyoti rivojiga, hususan, zamonaviy o‘zbek va uyg‘ur tillari adabiyoti rivojiga turtki bo‘ldi.
Ko‘rgazmada foydalanuvchilar Alisher Navoiy ijodining qalbi, Navoiyning barcha she’riy merosini deyarli yarmini tashkil qilgan, 50 ming misradan oshiq bo‘lib, besh dostonni o‘z ichiga olgan buyuk «Xamsa» sining turli nashrlari bilan tanishish imkoniga ega bo‘ladilar.

Shuningdek, ko‘rgazmada Oybek, Maqsud Shayxzoda va boshqa shoirlar tomonidan turli davrlarda Alisher Navoiy haqida yozilgan asarlar o‘rin egallagan.
Ko‘rgazmaga tashrif buyurgan foydalanuvchilar O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kitob fondida mavjud Alisher Navoiy hayoti va ijodiga dahldor adabiyotlar bilan tanishadilar.

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar