Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Diniy ekstremistik oqimlar, missionerlik, “Ommaviy madaniyat” bilan bog‘liq mafkuraviy tahdidlarning oldini olish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi - Bo`limga qaytish


03.02.2015


2015 yil 3 fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida ijtimoiy tarmoqda muloqot qilish, yoshlarning media savodxonligini va ko‘ngilochar saytlardagi axborotlardan to‘g‘ri foydalanish etikasini shakllantirish yuzasidan o‘tkazilayotgan turkum tadbirlarning navbatdagisi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir yoshlarni Internet tarmog‘idagi diniy ekstremistik oqimlar, missionerlik harakatlari va “Ommaviy madaniyat” bilan bog‘liq mafkuraviy tahdidlar mavzusiga bag‘ishlandi.


Davra suhbatini Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligi ma’naviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi boshlig‘i Muzaffar Komilov olib bordi. Notiq tinglovchilarga diniy ekstemistik tashkilotlarning paydo bo‘lishi, islom niqobi ostida olib borayotgan qo‘poruvchiliklari, ularning vujudga kelishi omillari va foliyati, Markaziy Osiyo mintaqasida missionerlik faoliyatini yuritishga intilayotgan diniy tashkilotlar, “ommaviy madaniyat” tushunchasi haqida batafsil so‘zlab berdi. Shuningdek, M.Komilov islom dininig asl mohiyati va mazmuni haqida gapirar ekan, Qur’oni Karimdan oyatlar va Xadisdan misollar keltirib asoslab berdi, “Birodar-musulmonlar”, “Hizbut-tahrir”, “Al-jihod”, “Al-qoida”, “Tolibon harakati” va boshqa shu kabi terroristik tashkilotlarning o‘z maqsadlari yo‘lida islom niqobi ostida amalga oshirgan harakatlari, ularning homiylari, begunoh qurbonlar hamda ektremistik guruhlarning yoshlar ongiga zararli ta’siri haqida gapirdi.



Tadbirda Toshkent arxitektura qurilish instituti, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti talabalari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar. Tinglovchilar tomonidan berilgan turli dolzarb savollarga notiq batafsil va ko‘rgazmali misollar yordamida javob berdi.
 

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar