Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
27.09.2013 Milliy kutubxonada elektron ma'lumotlar bazasining to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda

23 - 27 sentyabrcha  Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 164 ta yangi nomdagi kitoblar qabul qilinib ro‘yxatdan o‘tkazildi. Ularga (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat - 27 nusxa, tibbiyot - 1 nusxa, badiiy adabiyot - 63 nusxa, qishloq xo‘jaligi - 3 nusxa, diniy adabiyotlar  - 15 nusxa, ta'lim va madaniyat - 21 nusxa, tabiiy fanlar - 28 nusxa,  ma'lumot adabiyotlari  - 1 nusxa, tilshunoslik - 5 nusxa) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.  

27.09.2013 E'LON
2013 yil 30 sentyabr kuni Milliy kutubxonada «Tozalik kuni» deb e'lon qilinadi. Ushbu kun kutubxonada foydalanuvchilarga  xizmat ko‘rsatilmaydi.
«1-oktyabr Murabbiylar kuni»  munosabati bilan  dam olish kuni e'lon qilinadi.
25.09.2013 XII Xalqaro axborot texnologiyalari ko’rgazmasining ochilishi bo’lib o’tdi

“Ko’rgazma savdo markazi”da “ICTEXPO-2013” axborot texnologiyalari milliy ko'rgazmasining tantanali ochilish marosimi o’tkazildi. 
Milliy kutubxona o'z stendida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 20-martdagi “Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi - axborot resurs markazi faoliyatini tashkillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1729-sonli qarori ijrosining ta'minlanishi qanday olib borilayotganini namoyish etdi.   

24.09.2013 Milliy kutubxona mutaxassislari AKT Sammit-2013 da o‘z ma'ruzalari bilan qatnashdilar

2013 yilning 24 sentyabr kuni Toshkentdagi Xalqaro biznes markazida Axborot - kommunikatsiya texnologiyalari Haftaligi ochilishi bo‘yicha Milliy sammit bo‘lib o‘tdi. Sammitdan ko‘zlangan asosiy maqsad - hayot faoliyatining turli sohalariga AKTning tatbiq etilishi natijasida qo‘lga kiritilgan yutuqlar, axborot-kommunikatsion soha rivoji tendensiyalari namoyish etuvchi platformani yaratish, shuningdek, O‘zbekistonda AKT sohasini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirishdan iborat. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha Milliy sammit har yili an'anaviy tarzda o‘tkazib kelinadi. Unda AKT sohalarining hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, so‘nggi yutuqlarni muhokama qilish va AKT rivojiga doir e'tiborga molik masalalar bo‘yicha fikr almashishdan manfaatdor bo‘lgan O‘zbekiston, yaqin va uzoq xorij mamlakatlaridan ishtirokchilar qatnashdi.

24.09.2013 E'lon! Milliy kutubxona 25-27 sentyabr kunlari «Ko‘rgazma Savdo Markazi» da bo‘lib o‘tadigan XII xalqaro axborot kommunikatsiya texnologiyalari ICTEXPO - 2013 ko‘rgazmasida ishtirok etadi

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ICTEXPO-2013 ko‘rgazmasi doirasida quydagi aksiyalarni o‘tkazadi:
1) «Imtiyozli ro‘yxatdan o‘tish» aksiyasi  
Ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchi 14 yosh va undan kattalar ( albatta yonida tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma, pasporti) kutubxona  foydalanuvchi sifatida ro‘yxatdan o‘tishi va imtiyozli ID-karta egasi bo‘lishi imkoniga ega. ID-karta narhi 4000 so‘mni tashkil qilib, u 5 daqiqa ichida ishtirokchiga taqdim etiladi. Ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchi Milliy kutubxonaning barcha resurslaridan foydalanishi mumkin. 
23.09.2013 Milliy kutubxonada Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi bilan hamkorlikda davra suhbati bo'lib o'tdi

23 sentabr kuni Milliy kutubxonada YUNISEF ning ijtimoiy ishlar bo'yicha xalqaro maslahatchisi Terrens Merfining tashrifi yuzasidan davra suhbati bo'lib o'tdi. Mazkur davra suhbati BMT (YUNISEF) Bolalar fondining O'zbekistondagi vakolatxonasi, O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi, M.Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti, O'zbekistonning SOS-Bolalar mahallalari bilan hamkorlikda o'tkazildi. 


Oldin   127 128 129 130 131 132 133 134 135 136 137 138 139 140 141 142 143 144 145 146 147 148 149    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar