Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi “Zahiriddin Muhammad Bobur ensiklopediyasi” kitobi bilan to‘ldirildi - Bo`limga qaytish


03.02.2015


“Zahiriddin Muhammad Bobur ensiklopediyasi” kitobi f.f.d. O‘zbekiston FA akademigi Aziz Qayumov rahbarligida tashabbuskor-boburshunoslar, o‘zbek va chet el olimlari tomonidan Bobur nomidagi Xalqaro jamoat fondi ko‘magida 2014 yilda 744 bet hajmda “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasida chop etildi.
“Bobur ensiklopediyasi” monumental nashr bo‘lib, nafaqat boburshunoslik, balki Temuriylar tarixi va Markaziy Osiyo tadqiqotlari sohasiga qo‘shilgan yirik hissadir. Ensiklopediya yuqori saviyada tayyorlangan. U jahondagi barcha sharqshunoslar uchun maxsus qo‘llanma bo‘lmog‘i lozim”, deb kitobni baholaydi Yaponiya Ryukoku universiteti professori, boburshunos Eyji Mano.
Kitobda Zahiriddin Muhammad Boburning asarlarida uchragan va uning hayoti va ijodiga dahldor bo‘lgan so‘zlar, iboralar, shaxslar va joy nomlariga ta’riflar berilgan. Kitobda ilova qilingan 40ta rangli sahifalarda “Boburnomada” tilga olingan Mavorounnahr, Qobul va Hindistonning xaritalari, dunyoda Bobur merosining o‘rganilishi va saqlanishi haqida ma’lumot beruvchi sxematik xarita, shuningdek “Temuriylar, Chingiziylar, Boburiylar va Shayboniylar shajaralari” sxema-diagrammasi berilgan.
Shuningdek, kitobda 6 ta ilova taqdim etilgan: 1- Zahiriddin Muhammad Bobur ismining kiril va lotin alifbosidagi nashrlarda yozilishi, 2- uning hayoti va ijodi mavzusida yoqlangan ilmiy ishlar, 3- “Boburnoma” xronologiyasi, 4-Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarida arabcha ibora va jumlalar,5- O‘zbekistonda nashr etilgan Zahiriddin Muhammad Bobur asarlari, 6-“Bobur ensiklopediyasi” o‘zbek va arab tillaridagi so‘zligi.
Kitobning ma’lumotlarga va rasmlarga boyligi uni nafaqat boburshunos-olimlar, tarixchi-sharqshunoslar, balki keng o‘quvchilar ommasi tomonidan ham yaxshi qarshi olishini ta’minlaydi.


 

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar