Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Iqtidorli yoshlar-porloq kelajagimiz” mavzusida matbuot-anjumani bo‘lib o‘tdi - Bo`limga qaytish


29.01.2015


2015 yil 29 yanvar kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiyatsiyasi tomonidan tashkil etilgan “Iqtidorli yoshlar-porloq kelajagimiz” mavzusida matbuot-anjumani bo‘lib o‘tdi. Matbuot-anjumanini o‘tkazishdan maqsad-Respublikamizda paralimpiya harakatini rivojlantirish.

Matbuot-anjumanida Paraosiyyo o‘yinlari ishtirokchilari va 31 medalni qo‘lga kiritgan paralimpiya sportchilari hamda xalqimiz ardoqlagan yosh iqtidorli san’atkorlar, aktyorlar va xonandalar qatnashdilar.
Mustaqillik yillarida milliy madaniyatimiz, badiy ijod, sport va san’atimizni rivojlantirish borasida puxta o‘ylangan mukammal tizim yaratilgan. Jahon andozalari talablariga javob beradigan madaniyat va san’at, ilm-ma’rifat maskanlari, bolalar va o‘smirlar sport maktablari, sog‘lomlashtirish majmualari yoshlarni ezgu fazilatlar sohibi etib voyaga yetkazish imkonini bermoqda.

Jumladan, imkoniyatlari cheklangan yoshlarni sportga kengroq jalb etish, Respublikamizda paralimpiya sportini yanada rivojlantirish, paralimpiya sportchilarini Xalqaro musobaqalar oldida qo‘llab quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiyatsiyasi maxsus maktab-internatlar o‘rtasida Paralimpiya o‘yinlari, marafonlar, dzyudo va stol tennisi bo‘yicha musobaqalar kabi tadbirlar o‘tkazmoqda. Shuningdek Assotsiatsiya taqdirlash marosimlari va turli bayram konserlarini o‘tkazib kelmoqda.
Matbuot-anjumani so‘ngida paralimpiya sportchilari uchun esrada xonandalari ijrosida konsert va Milliy kutubxona bo‘ylab ekskursiya uyushtirildi.

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar