Foydali resurslar
Buyuk shoir, o‘zbek adabiyoti va tilining asoschisi Alisher Navoiy hamda davlat arbobi, Boburiylar davlatining asoschisi - Timuriyzoda Zahiriddin Muhammad Boburlarning tavalludlari munosabati bilan 2015 yil 1-28 fevral kunlari Milliy kutubxona muzeyida ularning asarlari namoyish etilmoqda.
Bu ikki buyuk mutafakkirning asarlari fevral oyi mavzusiga ko‘ra muzey ko‘rgazmasidan o‘rin olgan. Qo‘lyozma va zamonaviy usulda nashr etilgan kitoblar buyuk mutaffakkir, shoir va davlat arboblari Alisher Navoiy va Boburning ijodi va faoliyatlariga bag‘ishlangan. Nodir va tarixiy adabiyotlar asosan XVIII asr o‘rtalari va XXI asr boshlariga oid bo‘lib, xattotlar tomonidan ko‘chirilgan qo‘lyozmalar, toshbosma va zamonaviy usullarda chop etilgan kitoblar namoyish qilinmoqda. Shuningdek, muzeyga qo‘yilgan ayrim mashhur g‘arb olimlarining Alisher Navoiy va Bobur asarlari, hayoti va ijodiy faoliyatlarini o‘rgangan ilmiy asarlari alohida ahamiyat kasb etadi. Muzeydagi qo‘lyozma va toshbosma asarlar asosan O‘zbekistonda o‘tgan asrlarda yaratilgan kitoblardan tashkil topgan.