Foydali resurslar
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Milliy ijtimoiy tarmoqlar faoliyatini va Internet tarmog‘idagi kontentni rivojlantirish” ijtimoiy tarmoqda muloqot qilish, yoshlarning media savodxonligini va ko‘ngilochar saytlardagi axborotlardan to‘g‘ri foydalanish etikasini shakllantirish yuzasidan o‘quv seminarlari, davra suhbatlari va treninglar o‘tkazish bo‘yicha 2015 yilga mo‘ljallagan qator tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.
2015 yil 23 yanvar kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Uzinfocom markazi mutaxassislari bilan hamkorlikda “Ijtimoiy tarmoqdan foydalanish bilan bog‘liq dolzarb muammolar, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi tarmoqda o‘zini qanday tutishi lozim” mavzusida kutubxona foydalanuvchilari uchun mo‘ljallangan seminar mashg‘ulotini o‘tkazdi. Bunda ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini tutish, shaxsiy axborotni, jumladan shaxsiy foto va video faylar joylashtirishda nimalarga e’tibor qaratish, axborotni ximoya qilish, boshqa shaxslarga tegishli axborotni tarqatishda nimalarga e’tibor qaratish, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatiladigan axborotlarning ishonchiligini tekshirish lozimligi xaqida fikrlar yuritildi.
28 yanvar kuni o‘tkazilgan navbatdagi seminar mashg‘uloti “Axborot-kommunikatsion texnologiyalardan (ye-xat, ye-hujjat) foydalanish malakasini oshirish va axborot xavfsizligini ta’minlash” mavzusiga bag‘ishlangan. Mazkur seminar O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, Respublika ma’naviyat targ‘ibot markazi va O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari Davlat qo‘mitasi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.
Bugungi seminar-treningda Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi Huquqiy targ‘ibot bo‘limi mudiri, yuridik fanlar doktori Gulchehra Matkarimovaning ayni damda dolzarb hisoblanmish “Axborot xavfsizligi - millat havfsizligi” mavzusida, “UNICON.UZ” Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi xodimi Asliddin Rabbinovning ERI ochiq, yopiq va sertifikatlangan kalitlari, Ye-xatlar turlari, tizim vazifalari va tasnifi, funksiyalari va strukturasi haqidagi “Elektron raqamli imzo. ye-xat. Himoyalangan elektron pochta” mavzusidagi, O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi xodimi Furqat Ataboyevning axborot himoyasining asosiy tamoillari, komponentlari va kompyuter viruslari to‘g‘risidagi “Axborot tarmoqlari havfsizligi buzilish manbalari” mavzusida va O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi xodimi Laziz Bo‘ronovning yosh avlodni nosog‘lom axborotlardan himoyalash maqsadida “Internet madaniyati” mavzusida taqdimotlari tinglandi.
Taqdimotlar ko‘rgazmaliligi va amalda keltirilgan misollar bilan boyitilganligi bois tinglovchilar tomonidan yaxshi qabul qilindi va ma’ruzalar yuzasidan qizg‘in savol-javoblarga sabab bo‘ldi