Foydali resurslar
2015 yil 28 yanvar kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida sozanda, bastakor, qo‘shiqchi va dramaturg O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ilyos Malayev tavalludining 75 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi bo‘lib o‘tdi.
Kechaga Ilyos Malayev bilan ijodiy hamkorlikda ishlaganlar, bu sulolani yaqindan taniganlar, uni ustoz deb bilganlar taklif etildilar. Tadbirda Respublika Baynalminal madaniyat markazi direktori Nasriddin Muxammadiyev, rejissyor Hilol Nasimov, O‘zbekiston halq xofizi Xasan Rajabiy, shoir Shukur Qurbon, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Sultonposhsho Udayeva va Gulbahor Erqulova va boshqalar ishtirok etdilar. Tadbirni taniqli jurnalist Boris Babayev olib bordi.
Xotira kechasida ijodi o‘zbek san’ati va ma’naviyati bilan bog‘liq Ilyos Malayevning o‘zbek xalq va an’anaviy musiqasi rivojiga va uning targ‘ibotiga qo‘shgan xissasi e’tirof etildi. Kechada Ilyos Malayev hotirasiga bag‘ishlangan filmdan lavha namoyish etildi.
Respublika Baynalminal madaniyat markazi direktori Nasriddin Muxammadiyev ijodkor to‘g‘risidagi hotiralari bilan o‘rtoqlashar ekan, uning adabiy qobiliyatini, umrining so‘nggi damigacha O‘zbekistonning tabiatu fe’likeng xalqini kuylab she’rlar va g‘azallar yozganini ta’kidlab o‘tdi.
Rejissyor Hilol Nasimov Amerikada “Gumrohlar” badiiy filmini suratga olish jarayonida Malayevlar sulolasi bilan tanishshani haqida so‘zlab berdi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Sultonposhsho Udayeva va Gulbahor Erqulovalar ustozlari Ilyos Malayev va Muhabbat Shamayeva haqida ko‘p qiziqarli voqealarni gapirib berdilar va ular sha’niga “Hiyol” va “Ko‘chalar” qo‘shiqlarini ijro etib berdilar. O‘zbekiston halq xofizi Xasan Rajabiy Ilyos Malayevning ijrochilik san’atini yuqori baholab uning bir nechta musiqiy asboblarni chala olganligi haqida hotirladi va Ilyos Malayevning Alisher Navoiyning “Navo” va “Keldingmu” she’rlariga bastalagan kuylarini tanburda ijro etib berdi. Kechada ishtirok etgan Toshkentdagi Buxoro yahudiylari markazi rahbari Arkadiy Isaxarov Ilyos Malayev talantining serqirraligi va o‘zbek va Buxoro yahudiy etnosi merosiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida yig‘ilganlarga gapirib berdi. Shoir Shukur Qurbon Ilyos Malayevning rus, o‘zbek, tojik, arman, fors, ozarbayjon va o‘z ona Buxoro yahudiylari tillarida ijod qilish san’ati to‘g‘risida so‘zlab berdi.
Kecha yig‘ilganlarda yaxshi taassurotlar qoldirdi va samimiy ruhda o‘tganligi bilan barchaning hotirasida muhrlanib qoldi.