Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 2014 yil yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi - Bo`limga qaytish


26.01.2015


2015 yil 26 yanvar kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi majlislar zalida 2014 yil yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda kutubxona rahbariyati, xizmat rahbarlari, xodimlar va mas’ul mutaxassislar ishtirok etdi.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori A.Xodjayev o‘z nutqida 2014 yildagi Milliy kutubxonaning faoliyati va 2015 yil istiqboldagi vazifalar to‘g‘risida gapirdi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Vazirlar Maxkamasining kengaytirilgan yig‘ilishida 2014 yil yakunlariga bag‘ishlangan ma’ruzasida keltirilgan ko‘rsatmalarga alohida urg‘u berildi.

Ayniqsa, 2014 yilda O‘zbekiston iqtisodiy o‘sishda erishgan natijalar, xalqning farovon turmushi o‘sishining mustahkam bazasini ta’minlovchi mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari, 8 foizdan kam bo‘lmagan ko‘rsatkichga ega O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’atlari kabi faxrlansa arzigudek dalillar sanab o‘tildi. Shuningdek, yig‘ilishda aholining madaniy, ma’rifiy va ma’naviy rivojlanishida O‘zbekiston Milliy kutubxonasining tutgan o‘rni va ahamiyati ta’kidlandi.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasining asosiy ko‘rsatkichlari sifatida quyidagilar keltirildi:
-Milliy kutubxonaning umumiy fondi – 6.9 mln. (shundan bosma fond 6.6 mln, elektron ko‘rinishdagi resurslar –340 000 tani tashkil etadi;
-foydalanuvchilari soni – 96.7 nafarni tashkil etgan holda, 2014 yilda 27 ming nafari kutubxona foydalanuvchilariga aylandilar
- foydalanuvchilarning tashrifi – 538 marotabani tashkil etdi
-kitob berish – 4.8 mln nusxani tashkil etdi.
2014 yilda 246 ta turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi. Shundan:
- 48 ta O‘zbekistonning muhim va unutilmas sanalariga bag‘ishlangan mavzuli va shaxsga oid ko‘rgazmalar, 31 ta yangi nashrlarga, 11 ta ko‘rgazmalar, rasmlar va amaliy san’at asarlari ko‘rgazmasi, kollej, litseylar va OO‘Yulari o‘quvchi va talabalarini jalb qilgan holda muassasa, tashkilotlar, bilan hamkorlikda 140dan ziyod ijtimoiy-madaniy tadbirlar.
Axborot-kutubxona texnologiyalarini tadbiq etish va ularni targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan
-“Central Asia. Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va kutubxona-axborot resurslari o‘rni” mavzusida VIII xalqaro konferensiyasi
- III Milliy axborot-kutubxona xaftaligi “INFOLIB-2014”
-“Axborot-kutubxona muassasasining eng yaxshi mutaxassisi” kasbiy tanlovning respublika bosqichi o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida Milliy kutubxonada interaktiv davlat xizmatlarining joriy etilishi, kutubxonaning rasmiy veb-sayti istiqbollari, Milliy kutubxonaning yangi loyihalari, ning amalga oshirilishi holati to‘g‘risida, Milliy kutubxona huzuridagi Respublika metodik kengashi faoliyati, xalqaro aloqalarning rivojlanishi holati va «Sog‘lom bola yili» Davlat dasturini doirasida amalga oshirilgan ishlar muhokama etildi.
Yig‘ilishda, shuningdek, O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2015 yil uchun ilmiy-tadqiqot, uslubiy, ishlab chiqarish, innovatsion, xalqaro va loyihalar faoliyatiga dahlor, AKTni tadbiq etish borasida, axborot-kutubxona sohasi mutaxassislarini tayyorlash va malakasini oshirish, konferensiyalar, seminarlar, taqdimot va ko‘rgazmalar mavzulari borasida so‘z bordi. Bajarilgan ishlar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar