Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida shoir Sulton Jo‘ra tavalludining 105 yilligiga bag‘ishlangan bibliografik sharh - Bo`limga qaytish


26.01.2015


2015 yil 26 yanvar kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kichik majlislar zalida shoir Sulton Jo‘ra tavalludining 105 yilligiga bag‘ishlangan bibliografik sharh bo‘lib o‘tdi.
Shayhontohur tumani O‘DK o‘qituvchi va o‘quvchilari uchun shoir Sulton Jo‘ra ijodiga mansub bibliografik sharhni Milliy kutubxona bosh muharriri, shoir Shukur Qurbon, adabiyotshunos olim, f.f.n. Zuhriddin Isomiddinov va shoir Yo‘ldosh Eshbek olib bordilar.

30-yillar o‘zbek adabiyotiga shahdam qadamlar bilan kirib kelgan iste’dodli shoir Sulton Jo‘ra haqida gapirar ekan Shukur Qurbon uning bor-yo‘g‘i o‘ttiz uch yil umr ko‘rgani, shundan o‘n uch yilini she’riyatga bag‘ishlagani, Buxoroda tavallud topib, Andijonda ijod qilib, Ikkinchi jahon urushida Belorussiyaning Gomel qahramonlarcha halok bo‘lganihaqida o‘quvchilarga so‘zlab berdi va shoir qalamiga mansub she’rlardan o‘qib berdi.

Adabiyotshunos olim, f.f.n. Zuhriddin Isomiddinov o‘quvchilarga quyidagilarni so‘zlab berdi: “Sulton Jo‘ra uch-to‘rt yoshligidayoq ota-onasidan judo bo‘lib, qarindosh-urug‘lari tarbiyasida bo‘ldi. So‘ngra boshlang‘ich ta’limni olgach, Buxoroda pedagogika bilim yurtiga o‘qishga kirdi. Uning she’riyati va ijodiga bo‘lgan ta’ziqdan halos bo‘lish maqsadida u Andijondan qo‘nim topib, u yerda «She’rlar» (1933), «Fidokor» (1939), «Moskva» (1941) kabi to‘plamlari, «Kulgi» (1936), «Shodligim» (1939), «Ochiq chehralar» (1939) kabi turkum she’rlarini o‘quvchilarga armug‘on qiladi. Sulton Jo‘ra qator liro-epik dostonlar, ertaklar muallifi sifatida ham kitobxonga tanish. Uning «Qaldirg‘och», «Jannat» kabi ertak-dostonlarida yosh kitobxonning romantik olami ifodalanadi. Shoir «Zangori gilam» she’riy ertagida folklor motivlaridan keng foydalanish orqali yoshlarning ichki olamini, sir-asrorini ochib beradi. «Karim va Qunduz» dostonida mehnat va uning gashti, rohati haqida so‘zlaydi. Shoirning «Bruno» dostoni uning ijodida muhim bosqichdir. Unda Jordano Brunoning o‘lmas obrazi gavdalantirilgan. U bemalol o‘zbek, rus, tatar, tojik va qozoq tillarida so‘zlashar, ijod qilar edi. U yaxshi kuylar, mumtoz musiqani sevar, skripkada va balalaykada chalishni bilar edi”, dedi va o‘quvchilarga Sulton Jo‘raning bolalar adabiyotining eng yaxshi namunalari bo‘lmish «Harflar paradi», «Tinish belgilarining majlisi», «Yolg‘onchi», «Cho‘ntak», «Oy nechta», «Sog‘inchli salom» kabi asarlarini yodga soldi.

Tadbir barcha yig‘ilganlarga manzur bo‘ldi va shoir Sulton Jo‘ra shaxsi, hayoti va ijodi to‘g‘risida yorqin tasavvur shakllantirdi. O‘quvchilar notiqlarga minnatdorchilik bildirib, tadbir ularda chuqur taassurotlar qoldirganini izhor etdilar.

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar