Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Milliy kutubxonada elektron ma’lumotlar bazasini to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda - Bo`limga qaytish


26.01.2015


19–23 yanvargacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 567 ta yangi nomdagi axborot resurslari qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Shulardan 295 ta kitob (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlash-tirildi: siyosat - 158 ta; tibbiyot – 2 ta; texnika – 51 ta; san’at – 2 ta; tabiiy fanlar – 55 ta; ma’lumot adabiyotlar- 12 ta; q.x. - 15 ta), 272 ta avtoreferatlar (siyosat - 78 ta; tibbiyot - 42 ta; texnika - 48 ta; tabiiy fanlar –39 ta; ta’lim va madaniyat - 15 ta; q.x. - 12 ta; adabiyotshunoslik – 1 ta; tilshunoslik - 10 ta, sport – 10 ta, san’at – 13, ijtimoiy adabiyotlar – 4 ta) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.

Kelib tushgan bosma nashrlarni 21tasi kitobxonlar foydalanish darajasini samarali tashkil etish maqsadida qog‘oz ko‘rinishidan elektron to‘liq matn ko‘rinishiga o‘tkazildi.

89 ta Respublika miqyosida chop etiladigan bosma nashrlarga Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati KBK (kutubxona bibliografik klassifikatsiyasi) bo‘yicha turkumlashtirdi va bibliografik tavsifi berildi.

Jami: hozirgi kunda AIBS dasturiga kiritilgan hujjatlarning soni 536700 taga yetdi.

Milliy bibliografiya ma’lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma’lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda. 2015 yil 19 – 23 yanvar holatiga ko‘ra 30 nusxa gazeta, 19 jurnallardan, jami 448 bibliografik yozuv kiritildi. 1 mavzuda yozma ma’lumotnoma bajarildi.

O‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarga kitobning xalqaro standart tartib raqamini (ISBN) berishda - 101 ta ISBN raqami (kattalar adabiyoti uchun 87 ta va bolalar adabiyoti uchun 14 ta) berildi. 26 hisob-kitob shartnomasi tuzildi.

Davriy nashrning xalqaro standart tartib raqamini (ISSN) berishda 2 ta ISSN raqam berildi. 4 hisob-kitob shartnomasi tuzildi.

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar