Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston xalq artisti To‘ti Yusupova bilan ijodiy uchrashuv - Bo`limga qaytish


24.01.2015

2015 yil 23 yanvar  kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi anjumanlar  zalida O‘zbekiston xalq artisti To‘ti Yusupova bilan ijodiy uchrashuv va “To‘ti Yusupova” nomli hujjatli film namoyishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston xalq artisti To‘ti Yusupova, Mirg‘iyos Soatov, rejissyor Oybek Aliev, Respublika estrada-sirk kolleji, Mirobod yengil sanoat va servis kasb-hunar, Uchtepa tuman milliy hunarmandchilik kasb-hunar kolleji o‘quvchilari ishtirok etdilar.

Ijodiy uchrashuv debochasi sifatida aktrisaning hayot yo‘li va ijodiga bag‘ishlangan “O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasi bilan “Zamon va taqdirlar” ruknida “San’at-ma’no” studiyasi tomonidan suratga olingan “To‘ti Yusupova” nomli hujjatli film namoyishi bo‘lib o‘tdi. 
(Senariy muallifi va rejissyori - Oybek Aliev, operator - Igor Blidaryov).

To‘ti Yusupova o‘zbek va turli millat ayollarining, onalarning xarakterlarini, fe’l-atvorlarini katta joziba, kuchli iste’dod va iqtidor bilan yorqin gavdalantirdi. Bular: Luiza (Shiller, "Makr va muhabbat"), Fusako (M.Kaoru, "O‘g‘irlangan umr"), Nuri (Oybek, "Qutlug‘ qon"), Xonzoda (Hamza, "Boy ila xizmatchi"), Fotima ("Shoshma, quyosh"), Sotti (Said Ahmad, "Kelinlar qo‘zg‘oloni"), Nodira (T.To‘la, "Nodirabegim"), Jannat (S.Ahmad, "Ufq") kabilar. To‘ti Yusupova kinoda ham suratga tushib, "Abdullajon"da Xolida, “Otamdan qolgan dalalar”da Bolxon bibi, "Dilxiroj"da momo kabi o‘nlab rollarini ijro etdi.

To‘ti Yusupova o‘z ijod yo‘li haqida gapirar ekan avvalambor o‘z ustozlari: 
A.Ginzburg va Toshxo‘ja Xo‘jaev to‘g‘risida, o‘z orzusiga erishish yo‘lida kechgan to‘siqlar va yenggan qiyinchiliklari to‘g‘risida gapirib berdi. “Siz, hozirgi yoshlarga juda havasim keladi. Hozirgi kunda o‘qish, sport bilan shug‘ullanish, ijodiy kamol topish, ilm-fan cho‘qqilarini egallash uchun yaratilgan sharoitlarni va undan foydalanayotgan yoshlarimizni ko‘rib biz keksalar O‘zbekistonimizning kelajagi munosib qo‘llarda ekanligiga ishonch hosil qilamiz”, dedi o‘z so‘zida To‘ti Yusupova.

Tabdirda o‘quvchilar sevimli aktrisalari To‘ti Yusupovaga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib  sermazmun va mulohazali javoblar oldilar. Tadbir barcha yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar