Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida axborot-kutubxona xodimlarining bilim darajasini oshirishga ko‘maklashuvchi o‘quv kurslari yakuniga yetdi - Bo`limga qaytish


24.01.2015

2015 yil 23 yanvar kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida axborot-kutubxona xodimlarining kasb malakasini oshirishga yo‘naltirilgan o‘quv kurslari o‘z nihoyasiga etdi. Nazariy va amaliy darslar kutubxonaning yuqori malakali mutaxassislari tomonidan o‘tkazildi.


O‘quv kurslari davomida kutubxonaning har bir xizmati faoliyatini yoritib beruvchi taqdimotlar bilan boyitilgan ma’ruzalar amaliyotda shu bo‘limga tashrif va uning ishi bilan bevosita tanishish  bilan mustahkamlandi. Tinglovchilar ro‘yxatga olish, buyurtma berish, turli formatdagi kitoblarni izlash, kitoblar, hujjatlar va gramplastinkalarni raqamlashtirish jarayonlarini kuzatdilar, bibliografik ro‘yxat tuzish, Adobe Reader, ABBYY Fine Reader, Scan Tailor dasturidagi elektron adabiyotga ishlov berishda ishtirok etdilar. Laboratoriya mashg‘ulotlarida kitoblar restavratsiyasi va tikilishiga doir qoidalar bilan tanishdilar. Shuningdek tinglovchilar Toshkent Davlat yuridik universiteti axborot-resurs markaziga ekskursiyaga bodilar.

O‘quv kurslari nihoyasida barcha tinglovchilar diplom bilan taqdirlandilar va Milliy kutubxona tomonidan esdalik sovg‘alari va o‘z ichiga axborot-kutubxona faoliyatiga doir qonunchilik va me’yoriy baza, Davlat standartlari, barcha tinglangan ma’ruzalar va taqdimotlari, elektron kitoblar bazasi, audio-kitoblar joylashtirilgan elektron materiallar jamlanmasini oldilar.

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar