Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
12.10.2013 Milliy kutubxonada elektron ma'lumotlar bazasining to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda

7 - 11 oktyabrgacha   Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 239 ta yangi nomdagi axborot resurslari qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Shulardan 33 ta kitob, (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlash-tirildi: siyosat - 19 nusxa; ta'lim va madaniyat - 2 nusxa, badiiy adabiyotlar - 10 nusxa; san'at - 1 nusxa; psixologiya - 20 nusxa )  206 ta avtoreferatlar (siyosat - 50 nusxa; tibbiyot - 32 nusxa; texnika - 45 nusxa; tabiiy fanlar - 24 nusxa; ta'lim va madaniyat - 9 nusxa; qishloq xo‘jaligi - 17 nusxa; adabiyotshunoslik - 1 nusxa; psixologiya - 4 nusxa; 
10.10.2013 “Men kitobni sevaman” nomli foto tanlov

O'zbekiston Milliy kutubxonasi 28 oktabrdan 1 noyabrgacha "Milliy axborot-kutubxona haftaligi" doirasida "Men kitobni sevaman" nomli foto tanlov o'tkazilishini ma'lum qiladi. 
Tanlovda qatnashuvchilar 29 oktabrga qadar fotosuratlar ro’yxatini hamda o'zlari haqidagi ma'lumotnomani taqdim etishlari yoki navoi@natlib.uz elektron manziliga yuborishlari so'raladi.
10.10.2013 Hurmatli foydalanuvchilar!

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 10 oktyabrdan 24 oktyabrga qadar “Dil izhorlari” tanlovini e'lon qiladi. Tanlov “Kitob ila dunyo ochilur…” shiori ostida she'riy ko‘rinishda (o‘zbek, rus tillarida) namoyon etiladi. O‘zbekiston Milliy kutubxonasining ikkinchi qavati foyesidan joy olgan stendlarda o‘z izhorlarini qoldirishlari mumkin. Dil izhorlari bir nusxada stendga yopishtiriladi. Albatta, dil izhori egasi o‘z ID raqamini ko‘rsatishi lozim. 
31 oktyabr kuni soat 17:00 da “Tafakkur” o‘quv zalida eng chiroyli va mazmunli dil izhori g‘olibi aniqlanadi. 
Barchangizni tanlovda ishtirok etishga va g‘olib bo‘lishga chorlab qolamiz!
09.10.2013 Milliy kutubxonada Mirzakalon Ismoiliy tavalludining 105 yilligiga bag‘ishlangan «Ozod inson qo‘shig‘i»deb nomlangan adabiy anjuman bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 9 oktyabr kuni Milliy kutubxonaning Ko‘rgazmalar zalida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san'at arbobi, yozuvchi, tarjimon Mirzakalon Ismoiliy tavalludining 105 yilligiga bag‘ishlangan «Ozod inson qo‘shig‘i»deb nomlangan adabiy anjuman, shuningdek, yozuvchi Nabi Siddiqning «Chirog‘i yoniq xonadon» kitobi taqdimoti o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston xalq yozuvchisi Toxir Malik, filologiya fanlari doktori Athambek Alimbekov, psixologiya fanlari doktori Mahmud Yo‘ldoshev, Shodmon Otaboyev, filologiya fanlari nomzodi Zuxriddin Isomiddinov, Mirzakalon Ismoilovning qarindoshlari, Andijon viloyatidan Habib Siddiq va To‘lan Nizom, kabi shoir yozuvchilar qatnashdilar. 

07.10.2013 Hurmatli kitobxon!

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida, Kutubxonaning elektron katalogi AIBS dasturiga kiritilgan bibliografik yozuvlarga, to‘liq matnli elektron ko‘rinishdagi resurslar ulandi.
To’liq matnli electron resurslarni Milliy kutubxonaning o’qish zallari kompyuterlaridagi AIBS dasturi,  elektron katalog orqali, o‘zingizga kerakli resursni tanlab, o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
04.10.2013 Milliy kutubxonada elektron ma'lumotlar bazasining to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda

30 sentyabrdan 4 oktyabrgacha  Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 100 ta yangi nomdagi avtoreferatlar qabul qilinib ro‘yxatdan o‘tkazildi. Ularga (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat - 21 nusxa, tibbiyot - 16 nusxa, qishloq xo‘jaligi - 4 nusxa, texnika - 30 nusxa, san'at - 4 nusxa, ta'lim va madaniyat - 6 nusxa, tabiiy fanlar - 6 nusxa, tilshunoslik - 13 nusxa) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.  


Oldin   125 126 127 128 129 130 131 132 133 134 135 136 137 138 139 140 141 142 143 144 145 146 147    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar