Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston xalq artisti, bastakor va dirijyor va Reyngold Maritsevich Glier tavalludining 140 yilligi munosabati bilan adabiy-musiqiy kecha bo‘lib o‘tdi - Bo`limga qaytish


20.01.2015


2015 yil 20 yanvar kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasining majlislar zalida O‘zbekiston xalq artisti, bastakor va dirijyor va Reyngold Maritsevich Glier tavalludining 140 yilligi munosabati bilan adabiy-musiqiy kecha va “Ijod” o‘quv zalida kitob-rasmli ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda R.M.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa Akademik litseyi, Shayxontohur tuman O‘quv-davolash kolledji o‘qituvchi va o‘quvchilari va shu tuman “Yangi shahar” mahallasi fuqarolari ishtirok etdilar.

Milliy kutubxona bosh muharriri Shukur Qurbon yig‘ilganlarga R.M.Glierning hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot berdilar. “Glier-mumtoz musiqa an’analarining davomchisidir. Uning ijodida ayniqsa teatr, jumladan "Krasnыy mak" va "Mednыy vsadnik" kabi baletlari musiqasi ahamiyatlidir. U o‘z simfonik asarlarida epik simfonizm yo‘nalishini davom ettirdi. Uning arfa va orkestr va koloratur soprano va orkestr uchun konsertlari barchaga tanish. Glier operalari Ozarbayjon va O‘zbekistonda musiqa madaniyatining rivojlanishida katta rol o‘ynadi”- dedi Shukur qurbon.

Nazariy fanlar o‘qituvchisi Nilufar Pardayeva R.M.Glierni pedagogik jihtlari haqida gapirar ekan, uning musiqa maktablari tashkil etilishiga va O‘zbekistonda musiqa madaniyati o‘rgatilishiga qo‘shgan beqiyos xissasi haqida so‘zlab berdi. Nazariy fanlar bo‘limi mudiri Zavqiddin Shukurov esa yig‘ilganlarni R.M.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa Akademik litseyi tuzilishi, ishlash tamoillari va u yerda yaratilgan shart sharoitlar bilan tanishtirdi.

Xotira kechasiga Respublika va xalqaro tanlovlar g‘oliblari 9-sinf o‘quvchisi Mirxodjayeva Oqila ijrosidagi D.Omonullayevaning “Bibixonim xarobalarida” kompozitsiyasi va 1-bosqich o‘quvchisi Amanbayeva Diana ijrosida S.Raxmaninovning “Surat” etyudi musiqiy kayfiyat ulashdi.

Tadbirda ishtiroq etganlar R.M.Glierning ijodi va Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa Akademik litseyi faoliyati haqida o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berdilar.
Shu kuni “Ijod” o‘quv zalida R.M.Glier hayti va ijodiga bag‘ishlangan kitob-rasmli ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi. Mazkur ko‘rgazmada foydalanuvchilar e’tiboriga R.M.Glier to‘g‘risida zamondoshlari tomonidan yozilgan xotiralar va u yaratgan asarlar notalari namoyish etilmoqda.

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar