Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida axborot-kutubxona xodimlarining kasb ko‘nikmalarini va bilim darajasini oshirishga ko‘maklashuvchi tizim ishga tushdi - Bo`limga qaytish


19.01.2015


O‘zbekiston Milliy kutubxonasi axborot-kutubxona xodimlarining kasb malakasini oshirishda talay ishlarni amalga oshirmoqda. Shu sababli 2015 yil 19 yanvar kuni Milliy kutubxona o‘quv markazida axborot-kutubxona xodimlarining bilim darajasini va kasb malakasini oshirishga yo‘naltirilgan 5 kunlik seminar mashg‘ulotlar o‘z ishini boshladi.

Seminarning asosiy maqsadi – qonunchilik va me’yoriy baza, axborot-kutubxona faoliyatiga doir Davlat standartlari, axborot-kutubxona muassasasida uslubiy ishlarni amalga oshirish, me’yoriy hujjatlarni tuzish uslubi, axborot-kutubxona muassasasida foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishning tashkiliy tuzilmasi, o‘qish zallarida abonement yordamida foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish, ma’lumotlar bazasini tuzish, multimedia to‘plamalrini, axborot-kutubxona muassasasi foydalanuvchilariga hujjatlarni elektron uzatish va masofada xizmat ko‘rsatish, komplektlash maqsadi va tamoillari, axborot-kutubxona fondini kataloglashtirish va turkumlashtirish, axborot-kutubxona fondining tuzilmasi, axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kutubxona resurslarining hisob-kitobi, nodir foydalanishning o‘ziga xos hususiyatlari, nashrlarning butligini ta’minlash va boshqa mavzular bilan nazariy va amaliy tanishtirishdan iborat.

Ayni damda turli idoralar tasarrufidagi axborot-kutubxona muassasalaridan 19 nafar mutaxassis o‘z kasbiy mahoratlarini oshirmoqdalar. Barcha xizmatlar faoliyatini qamrab oluvchi nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni o‘z ichiga olgan 5 kunlik o‘quv jadvali asosida tashkil etilgan darslarni O‘zbekiston Milliy kutubxonasining yuqori malakali mutaxassislari o‘tmoqdalar.

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar