Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida tarjimon Oybek Ostonov bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi - Bo`limga qaytish


19.01.2015

 
2015 yil 19 yanvar kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kichik majlislar zalida umidli tarjimon Oybek Ostonov bilan ijodiy uchrashuv va uning nemis tiliga tarjima qilgan kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tarjimashunoslik sohasi vakillari: f.f.d prof. Shavkat Karimov, f.f.d. prof. Xurram Raximov, f.f.n. tarjimashunos olimlar Shuhrat Imyaminova, Roviyajon Abdullayeva, Odiljon Safarov, erkin tarjimonlar, O‘zDJTU va O‘zMU professor-o‘qituvchilari va talabalari, OAV vakillari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.

2014 yilning noyabr-dekabr oylarida  Oybek Ostonov Germaniyada o‘zi o‘zbek tilidan nemis tiliga tarjima qilgan G‘ofur G‘ulomning “Shum bola”, O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari“ romanlarini, Abdulla Qodiriyninng hikoyalarini va Sharq afsonalaridan tashkil topgan “Buyuk ipak yo‘li rivoyatlari” to‘plamining taqdimotlarini o‘tkazdi. Taqdimot marosimlarida nafaqat asarlardan parchalar o‘qib berildi va tarjimonning ijodi haqida gapirildi, balki O‘zbekitonning mahobatli tarixiy obidalari, go‘zal tabiati, urf-odatlari va an'analari haqida hikoya qiluvchi videoroliklar namoyish etildi.

Oybek Ostonovning tarjimalari haqida gapirar ekan f.f.d. prof. Shavkat Karimov uning hattoki qiyin tarjimalarda ham munosib so‘zlarni topa olish mahoratiga yuksak baho berib “Men tarjimashunos-germanist sifatida Oybekning hamisha sof o‘zbekona iboralar va qochirimlarga muqobil variant topa olishidan hayratlanaman”, dedi.

“Maqsadim, adabiyot orqali o‘zbek xalqining tarixini jonlantirib, nemis xalqini sharq afsonalari, donishmandlari bisoti, o‘zbek xalqinig urf-odatlari, asl o‘zbekona xislatlar, o‘zbek madaniyati va an'analari bilan tanishtirish, dedi Oybek Ostonov -va men o‘ylayman-ki, men buni uddalayapman, chunki, taqdimotgacha O‘zbekistonni xatto qayerda joylashganini bilmaganlar ham uchrashuv so‘ngida yurtimizni, ularni hayratga solgan osori-atiqalarimizni  albatta ziyorat qilishlarini izhor etmoqdalar. Eng quvonarlisi shuki, endilikda nemis kitobxonlari o‘zbek romanlari va hikoyalarini o‘qib bizning tariximiz, o‘zbekona lutf, milliy qadriyatlarimiz bilan yaqindan tanishmoqdalar”.

Tadbirda ishtirok etganlar tarjimonning ijodiga, tarjima jarayoniga doir o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etib, ularga batafsil javob oldilar. Taqdimot so‘ngida Oybek Ostonov Milliy kutubxonaga G‘ofur G‘ulomning “Shum bola”, O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari“ romanlari tarjimasini armug‘on etdi.

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar