Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
22.10.2013 HURMATLI DO‘STLAR!
Sizlarni “INFOLIB-2013” II Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida  o‘tkaziladigan tanlovlarda ishtirok etishga  va Milliy kutubxona tomonidan beriladigan  esdalik sovg‘alarining sohiblari bo‘lishga taklif etamiz.
Tanlovlar 2013 yilning 31 oktyabriga qadar o‘tkaziladi
Tanlovda barcha xohlovchilar ishtirok etishi mumkin
Tanlovlar mavzusi: “Kutubxona haqida eng yaxshi insho” va “Kutubxona haqida eng yaxshi she'r” 
Tanlovning o‘tkazilish vaqti: 2013 yilning 21 oktyabridan to 31 oktyabrigacha.
 
21.10.2013 21 oktayabr “Til bayrami” munosabati bilan o`tkazilgan “Til va dil” tanlovining yakunlari
1989-yil 21-oktabrda “Davlat tili haqida”gi O‘zbеkiston Rеspublikasi Qonuni, 1993-yil 2-sеntabrda “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbеk alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. “Davlat tili haqida”gi qonunning qabul qilinganligiga bu yil 24 yil to‘ldi. O‘tgan shu davrda ona tilimizning yanada sayqallanishi, badiiyligi, tarixiyligi va dunyo miqyosida ahamiyati hamda nufuzini oshirishga qaratilgan qator madaniy, ma’naviy-ma’rifiy, mafkuraviy izlanishlar, ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.
1989-yil 21-oktabr kuni O‘zbеkiston Rеspublikasi Oliy Kеngashi sеssiyasining muhokamasidan so‘ng o‘zbеk tili davlat tili dеb e’lon qilindi va bu tarixiy hodisa mustaqillikdan ikki yil oldin ro‘y bеrdi. Bu ulug‘ maqsadga erishish va tarixiy voqеlikning ro‘yobga chiqarilishida muhtaram Prеzidеntimiz Islom Karimov bеvosita rahbarlik qilganlar.
21.10.2013 Hurmatli kitobxon!
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida, Kutubxonaning elektron katalogi AIBS dasturiga kiritilgan bibliografik yozuvlarga, to‘liq matnli elektron ko‘rinishdagi resurslar ulandi.
To’liq matnli electron resurslarni Milliy kutubxonaning o’qish zallari kompyuterlaridagi AIBS dasturi,  elektron katalog orqali, o‘zingizga kerakli resursni tanlab, o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. 
18.10.2013 Milliy kutubxonada elektron ma'lumotlar bazasining to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda

14 - 18 oktyabrgacha   Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 462 ta yangi nomdagi kitob qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazildi (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat - 97 nusxa; tibbiyot - 34 nusxa; ta'lim va madaniyat - 122 nusxa, badiiy adabiyotlar - 26 nusxa; qishloq xo‘jaligi - 4 nusxa; texnika - 29 nusxa; dinshunoslik - 5 nusxa; san'at - 2 nusxa; tabiiy fanlar - 36 nusxa; sport - 11 nusxa; ma'lumot adab. - 1 nusxa; adabiyotshunoslik - 57 nusxa; psixologiya - 3 nusxa; tilshunoslik - 35 nusxa). Ularga texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.

18.10.2013 "Infolib Uzbekistan - 2013" ikkinchi Milliy axborot-kutubxona haftaligi

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida an'anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan Milliy axborot-kutubxona haftaligi joriy yilning 28 oktyabridan 1 noyabriga qadar o‘tkaziladi. 
Milliy axborot-kutubxona haftaligining asosiy maqsadi - mutolaaga bo‘lgan mehrni oshirish va uni targ‘ib qilish, aholiga, ayniqsa yoshlarga kerakli bo‘lgan axborotni mustaqil ravishda izlash va qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash, ularni yangi nashr qilingan ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-ma'rifiy, o‘quv va badiiy adabiyotlar bilan batafsil tanishtirish, axborot madaniyatini yuqori pog‘onalarga ko‘tarish hamda respublika aholisini madaniy merosini asrash, axborot-kutubxona foydalanuvchilari hizmatini internet orqali imkoniyatlarini oshirish, yangi zamonaviy texnoligiyalaridan foydalanish kabi ilmiy bilimlarni ommalashtirishdan iboratdir.
12.10.2013 Hurmatli kitobxon!

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida, Kutubxonaning elektron katalogi AIBS dasturiga kiritilgan bibliografik yozuvlarga, to‘liq matnli elektron ko‘rinishdagi resurslar ulandi.
To’liq matnli electron resurslarni Milliy kutubxonaning o’qish zallari kompyuterlaridagi AIBS dasturi,  elektron katalog orqali, o‘zingizga kerakli resursni tanlab, o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.   


Oldin   124 125 126 127 128 129 130 131 132 133 134 135 136 137 138 139 140 141 142 143 144 145 146    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar