Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida o‘zbek raqqosasi, baletmeyster Malohat Ishoqova tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlangan kitob-rasmli ko‘rgazma - Bo`limga qaytish


16.01.2015


2015 yil 15 yanvar kuni  O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Ijod” o‘qish zalida o‘zbek raqqosasi, baletmeyster Malohat Ishoqova tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlangan kitob-rasmli ko‘rgazma tashkil etildi.

Ko‘rgazmadan san'atkorning bosib o‘tgan ijod yo‘lidan so‘zlovchi kitoblar, Malohat Ishoqova kasbdoshlari va shogirdlari hikoyalari va raqslari muhrlangan fotosuratlar o‘rin olgan. Foydalanuvchilar mazkur ko‘rgazmadan o‘zbek san'atida beqiyos raqslarni sahnalashtirgan mahoratli baletmeyster Malohat Ishoqova haqida boy ma'lumotga ega bo‘ladilar.

Malohat Ishoqova 1925 yil 15 yanvarda Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan. Turli yillarda  Yangiyo‘l,  Muqimiy va Andijon teatrlarida yakka raqqosa, keyinchalik esa bosh baletmeyster sifatida faoliyat yuritgan. U raqs sirlarini usta Olim Komilov, M.Turg‘unboyeva, I.Oqilov, R.Karimova va boshqalardan o‘rgangan. Ijodining shakllanishiga M.Turg‘unboyevaning raqs yo‘li katta ta'sir ko‘rsatgan. Raqslari nafis va nazokatli, shodon va mardonavorligi bilan ajralib turadi. “Tanavor”, “Munojot”, “Go‘zal tong”, “Nay navosi”, “Gulruh”, buxorocha, tojikcha, xorazmcha, hindcha va boshqa raqslarni mahorat bilan ijro etgan.

Malohat Ishoqova Andijonda “Qirq qiz”, “Andijon samosi”, “Baxt”, “Yoshlik” ashula va raqs ansambllari va “Maqomchilar” xalq ansambllarini tashkil etgan.

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar