Foydali resurslar
2015 yil 14 yanvar kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasining “Tafakkur” o‘qish zalida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni” mavzusida bibliografik sharh va “Vatan tuyg‘usi” nomli film namoyishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Milliy kutubxona bosh muharriri, shoir Shukur Qurbon kutubxona xodimlari bilan O‘zbekiston Qurolli kuchlari salohiyati, tinchlik va ozodlik ne'mati haqida suhbat olib bordilar. O‘z nutqini xadisi Sharifda “Posboning ko‘zi do‘zahda ham yonmas” ekan degan so‘zlar bilan boshlab yurtimiz chegaralarining dahlsizligini ko‘z qorachig‘idek qo‘riqlayotgan askarlarimizning jasoratlari, tinchlikni ta'minlashda o‘z hissasini qo‘shayotgan harbiylar matonati va kuni kecha ularga yo‘llangan O‘zbekiston Przidenti Islom Karimovning tabrigi hususida alohida to‘xtilib o‘tdi.

O‘zR Prezidenti farmoniga binoan o‘nlab harbiylar hukumat orden va medallari bilan mukofotlandilar. Shukur Qurbon shuningdek 2-jahon urushi oqibatlari va o‘sha davrlarga doir tarixiy voqyealar haqida ma'lumot berdi. Jumladan, unda halok bo‘lgan 20 mln. jangchidan 1mln.ga yaqini o‘zbekistonliklar bo‘lganini va ularning mardonavor kurashganliklari haqida, urush yillarida va uning ta'sirida yaratilgan asarlar, ya'ni Shuxratning “Shinelli yillar”, Odil YOqubovning “El boshiga ish tushsa” va boshqa asrlar o‘zining “Evakuatsiya”, “Karim aka”, “Meshkobchi” she'rlari haqida so‘zlab berdi. Zero, shoirning bolalik davrlari o‘sha qaqshatqich yillarda o‘tgan. “Biz o‘z tinchligimiz, totuvligimiz va osuda o‘tgan har bir kunimizning qadriga yetishimiz kerak. O‘zingiz qardosh respublikalarda ro‘y berayotgan voqyealardan habaringiz bor. Shunday tahlikali zamonda yurtimizning tinchligi, hayotimizning stabilligi bizning boyligimizdir”, deb o‘z nutqini yakunladi Shukur Qurbon.
Suhbat so‘ngida kutubxona xodimlari va foydalanuvchilar uchun “Vatan tuyg‘usi” nomli hujjatli film namoyish etildi.
