Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Vatanga xizmat - muqaddas burch” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi - Bo`limga qaytish


13.01.2015


2015 yil 13 yanvar O‘zbekiston Milliy kutubxonasining “Tafakkur” o‘qish zalida ochilgan “Vatanga xizmat - muqaddas burch” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma O‘zbekiston Qurolli kuchlari tashkil etilgan kunning 23 yilligiga bag‘ishlanadi.
Ko‘rgazmada O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning Vatanimizda, qolaversa dunyoda tinchlikka havf solayotgan tahdidlardan voqif etuvchi, ogohlikka da'vat etuvchi asarlari, Armiyamizni, ozodlik va mardlikni tarannum etuvchi adabiy to‘plamlar, osuda zamonimizda Vatanimiz sarhadlarini sidqidildan himoya qilayotganlar haqida gazeta va jurnallardan maqolalar va ocherklar o‘rin olgan.

Har qanday davlatning mustaqilligini birinchi navbatda uning o‘z armiyasi himoya qiladi. Shu bois O‘zbekiston mamalakati Mustaqilligining dastlabki kunlaridayoq, 1991 yilning 6 sentyabrida O‘zbekiston Mudofaa ishlari vazirligi tashkil etildi, 1992 yil 14 yanvar kuni esa O‘zbekistonda qurolli kuchlarni tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Mana bugun shu sanaga 23 yil to‘ldi.
O‘zbekiston qurolli kuchlari milliy gvardiya, maxsus harbiy kuchlar, yer harbiy kuchlar va harbiy havo mudofaa kuchlaridan tarkib topgan. O‘zbekiston Mudofaa vazirligi 4 ta maxsus harbiy okruglar va qo‘mandonlik qismiga bo‘linadi. Bular: Janubiy-g‘arbiy, sharqiy, Markaziy va shimoliy-g‘arbi okruglar va Toshkentda joylashgan maxsus tezkor qo‘mandonlik okrugi.

Foydalanuvchilar “Vatanga xizmat - muqaddas burch” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazmadan yuqoridagi ma'lumotlarga va yuzaga kelayotgan murakkab vaziyatda armiyamizni isloh etishni va uning mudofaa qudratini, jangovar salohiyatini, mamlakatimiz suverenitetini himoya qilish, sarhadlarimiz daxlsizligi va xalqimizning tinch hayotini ko‘z qorachig‘idek asrash yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan askarlarimizning jasoratlari haqida qiziqarli ma'lumotlarga ega bo‘lishlari mumkin.

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar