Foydali resurslar
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxona binosi, 5-qavat majlislar zalida 2013 yil 29 oktyabr kuni soat 1500 da O‘zbekiston Xalq rassomi, O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi Akademigi, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi Alisher Mirzayev bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Tadbir doirasida siz o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javoblar olishingiz mumkin. Shu bilan birgalikda, kutubxonaning 1-qavat foyesida rassom qalamiga mansub rasmlar ko‘rgazmasi ham tashkil qilinadi.
Milliy kutubxona binosi, 5-qavat majlislar zalida 2013 yil 29 oktyabr kuni soat 1400 da taniqli ijodkor Erkin Hushvaqtov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Hushvaqtov Erkin Boltayevich “O‘zbekiston san'at arbobi” faxriy unvoni nomzodi, O‘zbek Milliy Akademik drama teatri dramaturgi.
U o‘zbek teatri, kino va televideniye san'atlari rivojidagi xizmatlari uchun 2002 yil Davlatimiz tomonidan «Mehnat shuhrati» ordeni bilan taqdirlangan. “Chimildiq” “Qalliq o‘yin”, “Qirmizi olma”, «Andishali kelinchak» kabi spektaklar muallifi.
23-oktabr kuni O`zbekiston Milliy kutubxonasida ommaviy axborot vositalari vakillari hamda Milliy kutubxona xodimlari ishtirokida “INFOLIB UZBEKISTAN - 2013” ikkinchi Milliy axborot-kutubxona haftaligini o’tkazishga bag’ishlangan matbuot anjumani bo’lib o’tdi. Matbuot anjumanida Milliy kutubxonaning bugungi kunda erishgan bir qancha ijobiy natijalari, yutuqlari, imkoniyatlari hamda o`tkazib kelinayotgan tadbirlar, anjumanlar haqida va PQ-1729 sonli Vazirlar Mahkamasining 98-sonli qarorlarida belgilangan vazifalarni bajarilishini ta`minlash, mamlakatimizda milliy va jahon madaniyati, fan va ta`limni rivojlantirish manfaatlari yo`lida axborot-kutubxona faoliyatini tashkil etish, aholiga, ayniqsa yoshlarga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini (matn, audio, video, grafika) joriy qilish orqali axborot-kutubxona xizmatini ko’rsatish, ularni intellektual salohiyatini, bilimini, ma`naviy axloqiy va madaniy ehtiyojlarini to`liq qondirish uchun qulay shart-sharoitlar, keng axborot resurslari bazasini yaratish sohasida bir qancha ijobiy natijalarga erishganligini haqida batafsil ma`lumot berib o`tdi.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 28 oktabr kuni Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida O‘zbekiston xalq artisti, o‘zbek mumtoz san'atining malikasi, eng yuqori notali ovoz sohibasi Munojat Yo‘lchiyeva bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Milliy kutubxonaning anjumanlar zalida soat 14:00 da o‘tkaziladi. Marxamat, barcha xohlovchilar ushbu tadbirda ishtirok etishlari mumkin.