Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi “Mustaqillik yillarida O‘zbekiston paxta sanoati” deb nomlangan kitob bilan to‘ldirildi - Bo`limga qaytish


08.01.2015


O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi “Mustaqillik yillarida O‘zbekiston paxta sanoati” deb nomlangan kitob bilan to‘ldirildi, mazkur kitob G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan  288 bet hajmida chop etildi.
Kitobda mustaqillik yillarida qishloq xo‘jaligining yetakchi tarmog‘i bo‘lmish paxtachilikdagi islohotlar, tub tarkibiy o‘zgarishlar va ijobiy ko‘rsatkichlar haqida hikoya qilinadi. Tarmoqda amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlar, qo‘lga kiritilayotgan ulkan natijalar o‘z navbatida mamlakatimiz paxta sanoati rivojini zamonaviy tashkil etish imkonini beradi. Hozirgi vaqtda paxta tozalash sanoati iqtisodiyotimizning jadal rivojlanib kelayotgan sohasi bo‘lib kelmoqda. Davlatimiz rahbari Islom Karimov ta'kidlaganidek: “Bugungi kunda O‘zbekiston tashqi bozorda talab katta bo‘lgan maxsulot - paxta tolasining asosiy ishlab chiqaruvchisi va yetkazib beruvchisidir. Respublika paxta tolasi ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi va uni eksport qilish bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadi”.
Kitobda O‘rta Osiyoda paxtachilik rivojlanishi tarixidan boshlab hozirgi mustaqillik davridagi modernizatsiya va iqtisodiy taraqqiyot imkoniyatlari, shuningdek, soha korxonalarida mavjud bosqichma-bosqich qayta ta'mirlash dasturlarining amalga oshishi haqida batafsil ma'lumot keltirilgan. Zafarlar va muvaffaqiyatlar bilan bir qatorda, kitobda paxtachilik va paxta tozalash sanoatidagi istiqboldagi rejalar, loyiha va islohotlar yaqqol ko‘rsatilgan.
Soha mutahassislari uchun kitobda ishlab chiqarilayotgan tolaning o‘sish dinamikasini, turli yillarda paxta tolasi salmog‘i ko‘rsatkichlarini ifodalovchi juda ko‘p diagramma va jadvallar ko‘rinishidagi grafik chizmalar, sohaning ilmiy-tadqiqot salohiyati, paxtani qayta ishlash, saqlash, tashish, infratuzilmasini ta'minlash va zaxiralari haqida boy va mazmunli ma'lumotlar mavjud. Kitob sifatli va O‘zbekiston paxta sanoati to‘g‘risida keng ma'lumot beruvchi  ko‘pgina suratlar bilan boyitilgan.

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar