Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
29.10.2013 Milliy axborot kutubxona haftaligi “Qiziqarli uchrashuvlar kuni” bilan davom etmoqda

29 oktyabr kuni Milliy kutubxonada Milliy axborot kutubxona haftaligi doirasida Qiziqarli uchrashuvlar kuni bilan davom etmoqda. Bugun Milliy kutubxonada kutubxonaning yangi dasturlari namoyishi va quyidagi dasturlar bo‘yicha taqdimot bo‘lib o‘tdi: interaktiv ISBN va ISSN onlayn xizmat, interaktiv KBK onlayn xizmati, qo‘lyozma va nodir nashrlar ma'lumotlar bazasi, imidj katalog ma'lumotlar bazasini shakllantirish, ilmiy ishlar bazasi. Shuningdek internet faollari va bloggerlar bilan ijodiy uchrashuv, Toshkentdagi MGU filiali bilan hamkorlikda “O‘zaro aloqa almashinuvini rivojlantirish” mavzusida psixologik trening, Sinema servis -D.Do‘stmuxamedov tomonidan kompyuter animatsiyalari, fotosurtaga tushirish bo‘yicha Kozim Qurbonovdan mahorat maktabilari va “Men kitobni sevaman” fototanlovning yakunlari bo‘lib o‘tdi. Tanlovda professional va xavaskorlar tomonidan olingan jpg formatidagi 800  pikseldan kam bo‘lmagan mutolaani targ‘ib qiluvchi 30ga yaqin fotosuratlar qabul qilingan bo‘lib, tanlovda 1-o‘rin sohibi Alimxodjayev Bobur, 2-o‘rin cohibi Ragida Nurmuhametova va 3-o‘rin sohibi Kamol Turamuhammedovlar g‘olib deb topildi va kutubxona tomonidan- esdalik sovg‘alari taqdim qilindi. 

29.10.2013 “INFOLIB UZBEKISTAN - 2013” haftaligi doirasida nodir nashrlarni konservatsiya va restavratsiya qilish ishi bo‘yicha seminar o‘tkazildi

Nodir nashrlarni restavratsiyasi va konservatsiyasi bo‘yicha seminar-treninglar o‘tkazildi. Seminarda Amerika Qo‘shma Shtatlarining Yuta universitetida joylashgan Mariotta kutubxonasida faoliyat yurituvchi fondlarni saqlash bo‘yicha mutaxassis murabbiylik qildi. Mashg‘ulot davomida ishtirokchilarga nodir nashrlarni restavratsiya qilish ishlari amaliy ko‘rsatildi.

29.10.2013 “INFOLIB UZBEKISTAN – 2013” Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida O‘zbekiston xalq artisti, o‘zbek mumtoz san'atining malikasi, eng yuqori notali ovoz sohibasi Munojat Yo‘lchiyeva bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Munojat Yo‘lchiyeva - o‘zbek mumtoz ashulalarining mohir ijrochisi. Xonanda xorijiy mamlakatlarga konsert safarlariga chiqish imkoniyatiga erishib, o‘z san'atlari bilan dunyo tomoshabinlari olqishiga sazovor bo‘lmoqda. O‘zbek mumtoz musiqasi, ashula san'atining noyob durdonalarini dunyo xalqlari o‘rtasida keng targ‘ib etib, qadimiy san'atimiz va ma'naviyatimizni ko‘z-ko‘z qilmoqdalar. Asosan maqom ashulalarini ijro etish yo‘lidan borayotgan xonanda o‘zining dilbar ashulalari bilan tezda keng jamoatchilik diqqatini o‘ziga tortdi. Munojat Yo‘lchiyeva repertuaridan o‘zbek mumtoz san'atining qator durdona ashulalari xususan Shoshmaqom janri mustahkam o‘rin olgan. Shoshmaqom - o‘z ichiga olti maqomni («Buzruk», «Rost», «Navo», «Segoh», va «Iroq») qamrab olgan maxsus musiqa san'ati.

29.10.2013 “INFOLIB UZBEKISTAN - 2013” Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Axborot-kutubxona faoliyatining me'yoriy-huquqiy asoslari: amaldagi qonunchilik va uni takomillashtirishning dolzarb masalalari” mavzusida video-konferensiya bo‘lib o‘tdi

28 oktyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalar masalalari qo‘mitasi hamda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bilan hamkorlikda “Axborot-kutubxona faoliyatining me'yoriy-huquqiy asoslari: amaldagi qonunchilik va uni takomillashtirishning dolzarb masalalari” mavzusida video-konferensiya o‘tkazildi. Ushbu o‘tkazilgan tadbirning  asosiy maqsadi axborot-kutubxona faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solish va sohani rivojlantirish tamoyillarini takomillashtirish, shuningdek, axborot-kutubxona faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish masalalarini muhokama qilishdan iboratdir. Konferensiya ishida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining deputatlari, Vazirlar Mahkamasi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, Intelektual mulk Agentligi va boshqa vazirlik va idoralar mas'ul xodimlari, axborot-kutubxona muassasalarining mutaxassislari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

28.10.2013 “INFOLIB UZBEKISTAN - 2013” Milliy axborot-kutubxona haftaligining tantanali ochilish marosimi

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “INFOLIB UZBEKISTAN - 2013” ikkinchi Milliy axborot-kutubxona haftaligi o‘z ishini boshladi. Haftalikning birinchi kuni ya'ni 28-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar Akademiyasi orkestrining chiqishidan so‘ng tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Axborot va kommunikatsiya texnologyalari masalalari qo‘mitasi a'zosi H.Karimova, atoqli o‘zbek shoiri, jamoat arbobi Erkin Vohidov, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori so‘zga chiqib, milliy axborot-kutubxona haftaligini o‘tkazishdan asosiy maqsad - mutolaaga bo‘lgan mehrni oshirish va uni targ‘ib qilish, aholiga, ayniqsa yoshlarga kerakli bo‘lgan axborotni mustaqil ravishda izlash va qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash, axborot-kutubxona foydalanuvchilari hizmatini internet orqali imkoniyatlarini oshirish, yangi zamonaviy texnoligiyalaridan foydalanish kabi ilmiy bilimlarni ommalashtirishdan iborat ekanligini ta'kidlab o‘tdi. 

25.10.2013 Milliy kutubxonada elektron ma'lumotlar bazasining to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda

 21 - 25 oktyabrcha  Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 523 ta yangi nomdagi axborot resurslari qabul qilinib ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Shulardan 180 ta kitobga (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat - 77 nusxa, tibbiyot - 5 nusxa, badiiy adabiyot - 36 nusxa, texnika - 9 nusxa, dinshunoslik - 13 nusxa, san'at - 4 nusxa, ta'lim va madaniyat - 9 nusxa, tabiiy fanlar - 5 nusxa, sport - 2 nusxa, adabiyotshunoslik - 18 nusxa, tilshunoslik - 2 nusxa), 235 ta avtoreferatga (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi : siyosat - 57 nusxa, tibbiyot - 45 nusxa, qishloq xo‘jaligi - 10 nusxa, texnika - 51 nusxa, san'at - 5 nusxa, ta'lim va madaniyat - 21 nusxa, tabiiy fanlar - 33 nusxa, sport - 2 nusxa, adabiyotshunoslik - 2 nusxa, psixologiya - 7 nusxa, tilshunoslik - 2 nusxa) 


Oldin   122 123 124 125 126 127 128 129 130 131 132 133 134 135 136 137 138 139 140 141 142 143 144    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar