Foydali resurslar
13 yanvar kuni soat 15:00 da kichik majlislar zalida adib Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek tavalludining 110 yilligi munosabati bilan davra-suhbati va “O‘zbekiston” zalida “Ustoz Oybek merosidan” kitob-rasmli ko‘rgazma;
14 yanvar kuni soat 15:00 da “Tafakkur” o’qish zalida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni” mavzusida bibliografik obzor, “Vatanga xizmat - muqaddas burch” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma va “Vatan tuyg‘usi” nomli film namoyishi;
15 yanvar kuni “Ijod” zalida O‘zbekiston xalq artisti, baletmeyster Malohat Ishoqova tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlab kitob-rasmli ko‘rgazma;
20 yanvar kuni soat 15:00 da kichik majlislar zalida O‘zbekiston xalq artisti, bastakor va dirijyor Reyngold Maritsevich Glier tavalludining 140 yilligi munosabati bilan adabiy-musiqiy kecha va “Ijod” zalida kitob-rasmli ko‘rgazma;
22 yanvar kuni soat 15:00 da Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 140 yilligi munosabati bilan kitob-rasmli ko‘rgazma;
26 yanvar kuni soat 15:00 da kichik majlislar zalida yozuvchi Sulton Jo‘ra tavalludining 105 yilligiga bag‘ishlangan davra-suhbati;
28 yanvar kuni soat 15:00 da kichik majlislar zalida O‘zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist, bastakor Ilyos Mallayev ijodiga bag‘ishlangan xotira kechasi;
Tadbirlar ro‘yhatiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.