Foydali resurslar
2014 yil 29 dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi foyesida an’anaga ko‘ra xar yili o‘tkaziladigan turli nominatsiyalar bo‘yicha “Eng faol foydalanuvchi – 2014” tanlov yakunlari taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 20 martdagi “Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi - axborot resurs markazi faoliyatini tashkillashtirish choralari to‘g‘risida”gi PO‘-1729-sonli qarori talablarini ijrosini ta’minlash borasida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 2014 yil davomida quyidagi natijalarga erishdi:
Bugungi kunda kutubxona fondning umumiy soni – 6,9mln dan ziyod nusxani tashkil etadi. Milliy kutubxona foydalanuvchilari soni-96,6 ming nafardan ziyodni tashkil etdi, shundan, 27,7ming nafar foydalanuvchi 2014 yilda ro‘yxatdan o‘tkazildi. O‘tgan davr mobaynida foydalanuvchilarning tashrifi-540,0 ming kishini, kitob berishlar soni esa 4,8 mln.nusxani tashkil qildi. Hisobot davrida Milliy kutubxonada 240 dan ortiq ma’naviy-marifiy tadbirlar o‘tkazildi.
.jpg)
An’anaviy tarzda har yili bo‘lib o‘tayotgan “Central Asia” xalqaro konferensiyasi va “INFOLIB” haftaliklari keng ko‘lamda o‘tazildi. Bunday tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad, axborot-kutubxona sohasi mutaxassislarini zamonaviy talablar va xizmat ko‘rsatish turlari bilan tanishtirish, foydalanuvchilar o‘rtasida faollikni oshirish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish, axborot-kutubxona resurslaridan keng foydalanish, kutubxonada tashkil qilinayotgan tadbirlar ko‘lamini kengaytirish va albatta O‘zbekiston Milliy kutubxonasi foydalanuvchilari sonini oshirishdan iborat.
“Eng faol foydalanuvchi-2014” tanlovining taqdirlash marosimida kutubxona foydalanuvchilari orasida eng ko‘p qatnash, kitoblarga, dissertatsiyalarga, gazeta va jurnallarga buyurtma berishlar sarhisob etildi, shuningdek o‘zining tashabbuskorligi va faolligi bilan aloxida ajralgan foydalanuvchilar ham alohida baholandi.
Tanlov yakunlari natijalariga ko‘ra Elbek Xushboqov 2014 yil davomida O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga eng ko‘p qatnash bo‘yicha “Eng faol foydalanuvchi-2014” nominatsiyasida g‘olib sifatida e’tirof etildi.
.jpg)
Dilyora Iriskulova esa 2014 yil davomida O‘zbekiston Milliy kutubxonasida kitoblarga eng ko‘p buyurtma berib, mutolaa qilgan foydalanuvchi sifatida g‘olib deb topildi. Jurnalistlar bilan suhbatda Dilyora Iriskulova bunday e’tibor va rag‘batdan hayratlanib “Men hech qachon kitoblarga bo‘lgan muhabbat bunday taqdirlanishi mumkinligi haqida o‘ylamagan edim. Men hamisha kutubxonada izlagan kitoblarimni topaman va o‘z dzstlarimga ham tavsiya etaman”, dedi.
.jpg)
Ko‘p ming sonli foydalanuvchilar orasida dissertatsiyalar zaliga tashrif buyuruvish, mutolaa qilish bo‘yicha “Eng faol foydalanuvchi-2014” nominatsiyasida Malika Fazilova g‘olib sifatida e’tirof etildi.
Ko‘p ming sonli foydalanuvchilar orasida gazeta va jurnallarga buyurtma berib, mutolaa qilish bo‘yicha esa “Eng faol foydalanuvchi-2014” nominatsiyasida Oydin Sa’dullayeva g‘olib sifatida e’tirof etildi.
Mirahmadjon Rixsiboyevning ko‘p ming sonli foydalanuvchilar orasida faolligi, aql-zakovati va tashkilotchiligi alohida e’tirof etildi va tashabbuskorligi uchun “Eng faol foydalanuvchi-2014” nominatsiyasida g‘olib deb topildi.
Shuningdek, taqdirlash marosimida Milliy kutubxonada o‘tkazilgan “Kadrda qish” fototanloviga kelgani rasmlar g‘olibi aniqlandi va “Qor ostida do‘lana” surati muallifi Tohir Mahmudov g‘olib deb topildi.
G‘oliblar Milliy kutubxona tomonidan esdalik sovg‘alar bilan mukofotlandilar.