Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida foydalanuvchilar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi - Bo`limga qaytish


24.12.2014


2014 yil 23 dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kichik majlislar zalida kutubxona foydalanuvchilari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Milliy kutubxona rahbarlari, xodimlari, foydalanuvchilar, kiziquvchilar va OAV vakillari ishtirok etdilar.
Tadbirni o‘tkazishdan maqsad – foydalanuvchilarni kutubxona ishi, bu yerdagi mavjud sharoitlar, xizmat turlari va o‘tkazilgan tadbirlar bilan tanishtirish, o‘zaro muloqot o‘rnatish, ko‘rsatilayotgan xizmat sifatini baholash, muammoli jihatlarni aniqlash, foydalanuvchilarning kutubxona haqidagi fikr va mulohazalarini tinglash, ularning talab va istaklarini inobatga olgan holda 2015 yilgi istiqbol rejalarini belgilash.

Uchrashuvda 2014 yilda erishilgan natijalar sarhisob etildi, kutubxona faoliyati bilan bog‘liq ijobiy dalillar keltirildi, Milliy kutubxonaning amaldagi va rejalashtirilayotgan loyihalari haqida ma’lumot berildi.
Ochiq muloqot doirasida kutubxonaning turli axborot resurslarini, masalan, ilmiy dissertatsiyalarning internet orqali uzatilishi imkoniyatlari, xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, Internet va Tasiks tezlik imkoniyatlarini oshirish, o‘qish zallari ish soatlarini uzaytirish, kechki soatlarda ham xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish va xizmat ko‘rsatuvchilar shtatini oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, o‘qish zallari sonini ko‘paytirish, tartibbuzarlarga qarshi jiddiy choralar ko‘rish, 1-qavatda kompyuterlar sonini ko‘paytirish va ba’zi xizmatlar (garderob, kirish-nazorat punkti) sifatini yaxshilash takliflari kiritildi.

Uchrashuvda kutubxonaning turli tadbirlarini o‘tkazishda va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishni tashkil etishda faol yoshlarni ko‘ngillilar sifatida jalb etish, ularni aniq maqsadlar uchun tanlab olish tamoillarini joriy etilishi tashabbusi bildirildi.
Muloqot qatnashchilari shu kabi uchrashuvlarni tashkil etilishi kutubxona foydalanuvchilariga xizmat ko‘rsatishda yuzaga keladigan ba’zi muammolarni hal etishda, kutubxona faoliyati va o‘zaro hamkorlikda samara berishiga amin bo‘ldilar.

Muloqot doirasida foydalanuvchilar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazildi va quyidagi ko‘rsatkichlar aniqlandi:
83% foydalanuvchilar Milliy kutubxona faoliyatini a’lo baholadilar,
17% - yaxshi;
94% o‘z hayotlarida kutubxona ahamiyatini muhim deb baholaydilar,
0,5% - muhim emas,
5,5% - javob berishga ikkilandi;
97% axborot-kutubxona xizmatlaridan mamnun,
1% - norozi,
2% - javob berishga ikkilandi.
Shuningdek, so‘rovnomada ishtirok etganlar kutubxonada xizmat ko‘rsatayotgan xodimlar faoliyatiga va 2015 yil uchun tadbirlar rejasiga nisbatan o‘z fikrlarini yozib berdilar.

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar