Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
30.10.2013 «INFOLIB UZBEKISTAN-2013» haftaligi doirasida “O‘zaro aloqa almashinuvini rivojlantirish” mavzusida psixologik trening bo'lib o‘tdi

 

29-oktabr kuni Milliy kutubxonaning “Ijod” o'quv zalida “O‘zaro aloqa almashinuvini rivojlantirish” mavzusida Toshkent shahridagi M.V.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universitetining psixologiya fakulteti talabalari va o‘qituvchilari bilan hamkorlikda psixologik trening o‘tkazildi. Trening doirasida quyidagi mavzularga to‘xtalib o‘tildi: suhbatdosh bilan muloqot o‘rnatish texnikasi, savol berish san'ati, suhbatdoshning imo-ishorasi, hatti-harakat, mimika va ohangi kabi mavzularda suhbat bo‘lib o‘tdi.

 

30.10.2013 Milliy kutubxonaning yangi loyihalari bo‘yicha taqdimot bo‘lib o‘td

Joriy yilning 29 oktyabr kuni Milliy kutubxonada Milliy-axborot kutubxona haftaligi doirasida yangi loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda quyidagi dasturlar bo‘yicha taqdimotlar bo‘ldi: interaktiv ISBN va ISSN onlayn xizmati, interaktiv KBK onlayn xizmati, qo‘lyozma va nodir nashrlar ma'lumotlar bazasi, imidj katalog ma'lumotlar bazasini shakllantirish, ilmiy ishlar bazasi.

30.10.2013 Milliy axborot kutubxona haftaligi doirasida “Zvezda vostoka” va “Sharq yulduzi” jurnallari yozuvchi va shoirlari bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi
“Zvezda vostoka” va “Sharq yulduzi” jurnallari yozuvchi va shoirlari bilan ham ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda «Zvezda Vostoka» va «Sharq yulduzi» jurnallarining 1946 yilda chop etilgan ba'zi sonlari va oxirgi yillarda foydalanuvchilar tomonidan qiziqib mutolaa qilinayotgan nashrlaridan tashkil topgan ko‘rgazma ham tashkil qilinadi.
29.10.2013 Alisher Fayz bilan ijodiy uchrashuv

Qiziqarli uchrashuvlardan yana biri estrada xonandasi Alisher Fayz bilan bo'lib o'tdi. Unda muxlislar ijodkorning ijodiy hayoti, faoliyati, san'atda erishgan yutuqlari haqida ma'lumotlarga ega bo'lish bilan birga estradaning yorqin yulduzi Alisher Fayzdan jonli ijroda qo'shiq tinglashga muyassar bo'ldilar. Hattoki muxlislari uning qo'shiqlariga jo'r bo'lib raqsga tushib berdilar

29.10.2013 Milliy kutubxonada xalq rassomi Alisher Mirzayev bilan ijodiy urashuv bo‘lib o‘tdi

Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida qiziqarli uchrashuvlar kunida akademik, xalq rassomi Alisher Mirzayev bilan ham ijodiy urashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirni o‘tkazishdan maqsad, yoshlarni san'at dunyosiga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish va yurtimizning taniqli rassomlari hamda tasviriy san'atning turli yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishtirish.Tadbirda rangtasvir va grafika ustasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, rassomlar Isfandiyor, A.Kalonov, X.Xidoyatovlar, san'atshunoslar, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti talabalari ishtirok etdilar. Ular o‘z so‘zida Alisher Mirzayevning ijodiy faoliyati, uning zamonaviy milliy rangtasvirning rivojiga qo'shgan hissasi haqida alohida gapirib o‘tdilar.

29.10.2013 Milliy axborot kutubxona haftaligi doirasida Yozuvchi Erkin Xushvaqtov bilan ijodiy uchrashuv

29 oktabr kuni Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida taniqli ijodkor Erkin Xushvaqtov va O‘zbekiston Milliy Akademik drama teatri aktyorlari Rixsi Ibragimova, Malika Ibrohimova bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. El sevgan adib, dramaturg  Erkin Xushvaqtov bilan ijodiy uchrashuvni tashkil qilishdan maqsad ijodkorning asarlari bilan kitobxonlarni yaqindan tanishtirish. Chunki bu asarlar barcha yoshdagi tomoshabinlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, aksariyati sahna yuzini ko‘rdi. Tadbirda taniqli yozuvchi va shoirlar, teatr aktyorlari ishtirok etdilar. Erkin Xushvaqtov “O‘zbekiston san'at arbobi” faxriy unvoni nomzodi, O‘zbek Milliy Akademik drama teatri dramaturgidir. 


Oldin   121 122 123 124 125 126 127 128 129 130 131 132 133 134 135 136 137 138 139 140 141 142 143    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar