Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Kutubxona mutaxassislari tomonidan Kuyichirchiq transport va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejida “Qadri osmon qariyalar” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi - Bo`limga qaytish


18.12.2014


Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan Respublikadagi axborot-kutubxona muassasalarining tashkiliy-metodik faoliyatini muvofiqlashtirish va ular bilan o‘zaro aloqani ta’minlash bo‘yicha metodik markaz vazifasini bajaradi.
2014 yil sentyabr oyida Milliy kutubxona Quyichirchiq Transport va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji axborot-resurs markazi ishini o‘rganish, axborot-kutubxona sohasida qabul qilingan me’yoriy hujjatlar asosida markaz ishini to‘g‘ri tashkil qilish, fondlarni shakllantirish, foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishning yangi shakllarini joriy etish masalalarini qamrab olgan hamkorlik shartnomasi tuzilgan bo‘lib, unga ko‘ra qator ishlar amalga oshirildi.

O‘tgan davr mobaynida kollejning 93 nafar o‘qituvchi va o‘kuvchilari kutubxona ro‘yxatidan o‘tdilar, 7 marta kollejning 2- va 3-bosqich o‘quvchilari uchun Milliy kutubxona va unda yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar bilan tanishtiruvchi ekskursiyalar tashkil qilindi. Kollej o‘quvchilari kutubxona tomonidan tashkil qilingan tadbirlarida qatnashdi.

2014 yil 17 dekabr kuni hamkorlik doirasida Quyichirchiq Transport va xizmat ko‘rsatish kollejida tashkil etilgan navbatdagi tadbir , “2015 yil – Qariyalarni e’zozlash yili” ga bag‘ishlangan “Qadri osmon qariyalar” mavzusidagi davra-suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda Milliy kutubxona mutaxassislari O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Milliy kutubxona nashriyoti muharriri, shoir Shukur Qurbon, Ma’lumotnoma axborot xizmatlari ko‘rsatish xizmati rahbari Qunduzoy Nurimova va Elektron buyurtmalarni muvofiqlashtirish va resurslarni masofaga etkazib berish xizmati 1 toifali mutaxassisi Raxim Zokirovlar ishtirok etdilar.

Shoir Shukur Qurbon o‘quvchilar bilan she’riyat va umuman adabiyot haqida suhbatlashdi, yoshlarning keksalarga munosabati haqida o‘quvchilarning fikr va mulohazalarini eshitdi va juda mamnun bo‘ldi. O‘quvchilar bajonidil o‘zlari sevgan she’rlarni o‘qib berdilar va shoirga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etdilar.

Shuningdek, kollej axborot resurs markazi elektron kutubxonasi fondini to‘ldirish maqsadida Milliy kutubxona tomonidan 2,71 Gbayt dan iborat 64 ta audio kitoblar, 12,1 Gbaytdan iborat elektron adabiyotlar, buyuk allomalar hayoti va ijodiga oid 53 nomda 54 nusxa nashrlar, 11 nomda 520 ta jurnallar va 12 nomdagi 1899 ta gazetalar taqdim etildi.

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar