Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Jome’ ahkom as-sig‘or” asariga bag‘ishlangan “Sog‘lom bola masalasi ajdodlarimiz merosida” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi - Bo`limga qaytish


16.12.2014


2014 yil 16 dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasining majlislar zalida “Jome’ ahkom as-sig‘or” asariga bag‘ishlangan “Sog‘lom bola masalasi ajdodlarimiz merosida” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbati Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Qo‘lyozmalar, nodir va alohida qimmatga ega nashrlar” xizmati tomonidan tashkil etildi. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Vazirlar mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universiteti, “Iste’dod” jamg‘armasi vakillari, professor-o‘qituvchilar va talabalar qatnashdilar. Konferensiyani Qobilbek Karimbekov olib bordi.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondida saqlanib kelinayotgan XIII asrda yashab, ijod etgan ajdodimiz Muhammad ibn Ahmad al-Ustrushoniyning “Jome’ ahkom as-sig‘or” asari bola huquqi masalalariga bag‘ishlangan ilk jamlanma bo‘lib xozirda ham musulmon dunyosida va ko‘pchilik mutaxassislar, olimlar va foydalanuvchilar tomonidan qiziqib o‘rganib kelinmoqda. “Qo‘lyozmalar, nodir va alohida qimmatga ega nashrlar” xizmati tomonidan tashkil etilgan bu tadbirdan ko‘zlangan maqsad - musulmon dunyosida bola huquqlariga bag‘ishlangan ilk jamlanmaning kitob holiga keltirilib keng o‘quvchilar ommasiga taqdim etish.

Yuqoridagi asarning jamiyatimizdagi o‘rni, uning mohiyati hamda dolzarbligini inobatga olib, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan “Sog‘lom bola masalasi ajdodlarimiz merosida” mavzusida davra suhbati o‘tkazilmoqda.
Taqdimot marosimida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov; O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari shayx Abdulaziz Mansur; Vazirlar mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universiteti rektori Abdullayev Ravshan Vohidovich; Toshkent shahar bosh imom-xatibi Anvar qori Tursunov; “Iste’dod” jamg‘armasi treneri Gulxumor To‘ychiyeva; Toshkent islom instituti rektori Haydarxon Yo‘ldoshxo‘jayev so‘zga chiqdilar.

Jumladan, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari shayx Abdulaziz Mansur Muhammad ibn Ahmad al-Ustrushoniyning “Jome’ ahkom as-sig‘or” asari ustida ishlash uni tahlil qilish imkoniyati mustaqillik sharofati bilan paydo bo‘lganligi, u muallif M.Atayevning minglab arab tilida yozilgan asarlarning tahlil etilib o‘rganib chiqqan bir ilmiy ishi asosida mukammal kitob holatiga keltirilgani haqida gapirdilar. “Bu asar asosan qozilar va qozilar idoralari uchun yozilgan bo‘lib, XIII asrdayoq hozirgi kunda bolalar huquqlarini himoya qiluvchi xalqaro tashkilotlar Konun, normalar va vazifalarini ilgari surgan va ular yechimini bergan.
Taqdimoti o‘tkazilgan ushbu asar qadimiyligiga qaramay dolzarbligi tufayli keng kitobxonlar ommasi tomonidan yaxshi kutib olindi.

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar