Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Shukur Qurbon bilan ijodiy uchrashuv - Bo`limga qaytish


16.12.2014


O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 2014 yil 16 dekabr kuni majlislar zalida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Shukur Qurbon bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ijodiy uchrashuv O‘zbekiston Qurolli kuchlar harbiy akademiyasi xizmatchilari oila a’zolari uchun tashkil etilgan bo‘lib unda Davlat mukofoti laureati, shoir Abdumajid Azim, f.f.d.,shoira Sayyora To‘ychiyeva, jurnalist Javlon Jovliyevlar ishtirok etdilar.

Tadbirda shoir Shukur Qurbon va Abdumajid Azimlar qalamlariga mansub yangi kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tinglovchilar Vatan, Mustaqillik, harbiy vatanparvarlik, ishq-muhabbat va oilani tarannum etuvchi she’rlarni mualliflardan tinglash imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Ijodiy kechada shuningdek, xavaskor xonandalar ijrosida Shukur Qurbon she’rlariga bastalangan qo‘shiqlar ijro etildi.

Ijodiy uchrashuv davomida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga she’riy to‘rtliklar kurinishida javoblar oldilar va uchrashuvdan ta’sirlargan holda mamnun bo‘ldilar.

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar