Foydali resurslar
2014 yil 12 dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxronasi “Tafakkur” o‘qish zalida xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan “Yaxshilik qilmoqlik-ulug‘ fazilat” mavzusida kitob-rasmli ko‘rgazma tashkil etildi.
Ko‘rgazmada “Otalar so‘zi-aqlning ko‘zi”, “Yaxshi kishilar odobi”, “Adab durdonalari” va ahloq”, “Mehr chashmasi”, “Oila odobi”, “Yaxshilik urug‘i”, “Yaxshi fazilat – insonga ziynat” kabi kitoblar va risolalar o‘rin olgan.
Ko‘rgazmani tashkil etishdan maqsad, yosh avlodni yaxshilik, savob ishlar qilishga, jumladan, ota-onasiga yaxshilik qilish, qo‘ni-qo‘shnisiga, aka-ukasiga, qavmu-qarindoshlariga, mahalla-ko‘ydagi yordamga muhtojlarga, qarovsizlarga ko‘mak berish singari xayrli ishlarni o‘z burchi, deb qabul qilish yuksak insoniy fazilatlardan biri ekanligini yana bir bor yodga solish.
Ko‘rgazma xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan bo‘lib insonlarni mehrli, ayniqsa jismoniy imkoniyatlari cheklangan insonlarga nisbatan e’tiborli bo‘lishga da’vat etadi. Zotan, o‘z kunini yoki har bir soniyasini o‘zgalar korini oson qilishga, o‘ksiklarning ko‘nglini ko‘tarishga baxshida etgan insonlar – eng ulug‘ fazilat sohiblari hisoblanadilar.