Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
30.10.2013 Respublika qo‘g‘irchoq teatri bilan hamkorlikda ertak-minispektakl namoyishi bo‘lib o‘tdi


30 oktyabr kuni Milliy kutubxonada Respublika qo‘g‘irchoq teatri bilan hamkorlikda ertak-minispektakl namoyishi bo‘lib o‘tdi. Spektakl tomoshasiga shahrimiz maktablaridan o‘quvchilar tashrif buyurib, madaniy hordiq chiqardilar. 

30.10.2013 “INFOLIB UZBEKISTAN -2013” Milliy axborot- kutubxona haftaligi-ijodkorlik kuni

Bugun 30 oktyabr kuni Milliy kutubxonada ijodkorlik kuni bo‘lib tadbir doirasida “Kitob o‘qish san'at ” bo‘yicha trening, akademik, tarixchi, arxeolog E.Rtveladze bilan “Dunyoda arxeologiya rivojlanishi tendensiyasi” mavzusida ijodiy uchrashuv, “Granart” jodiy markazi bilan hamkorlikda rassomlik bo‘yicha hamda kulolchilik bo‘yicha mahorat maktablari, qo‘g‘irchoq teatri bilan hamkorlikda “Qo‘g‘irchoqni boshqarish san'ati” mavzusidagi maxsus mahorat maktabi, O‘zbek-Yaponiya markazi bilan hamkorlikda origami bo‘yicha mahorat maktabi, Shoyusuf Shoakbarovdan karving meva va sabzavotlarga bezak berish bo‘yicha mahorat maktablari, rejissyor Rixsi Muhammadjonov, yosh shoirlar bilan ijodiy uchrashuvlar, BMT RDdan “Bolalar haqida suhbatlashamiz” mavzusida davra suhbatlari o‘tkazildi.

30.10.2013 Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida origami bo‘yicha mahorat maktabi bo‘lib o‘tdi

Milliy kutubxonada 30-oktabr kuni O‘zbek-Yaponiya markazi bilan hamkorlikda origami bo‘yicha mahorat maktabi bo‘lib o‘tdi. Origami - Yaponiyaning milliy an'analaridan biri. To‘rtburchak qog‘ozdan minglab turli xil shakllarni yasash mumkinligi kishini hayratga soladi, shuning uchun ham ushbu an'ananing nafaqat Yaponiyada, balki butun dunyoda mashhurligi bejizga emas.
Tadbir davomida mutaxassislar qog‘ozdan turli xil shakllarni yasashni o‘rgatdilar. Ushbu mahorat maktabi bolalarda fantaziyani va fikrlashni rivojlantirishga yordam berdi.
30.10.2013 Milliy kutubxonada kulolchilik bo‘yicha mahorat maktabi o‘tkazildi


30-oktabr kuni Milliy kutubxonaning “Ijod” o‘quv zalida “Granart” ijodiy markazi bilan hamkorlikda kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar uchun kulolchilik bo‘yicha mahorat maktabi o‘tkazildi. Tadbirni o‘tkazishdan maqsad bolalarda fantaziyani va kichik detallarni yasash mahoratlarini  rivojlantirishdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida bolalar loydan hayvonlar, qushlar va baliqlarni yasadilar.

30.10.2013 Milliy kutubxonada “INFOLIB UZBEKISTAN -2013” haftaligi doirasida rassomlik bo‘yicha mahorat maktabi bo‘lib o‘tdi

 

30-oktabr kuni Milliy kutubxonaning “Ijod” o'quv zalida “Granart” ijodiy markazi bilan hamkorlikda kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar uchun rassomlik bo‘yicha mahorat maktabi o‘tkazildi. Mazkur mahorat maktabi bolalarda tasavvur, fikrlash va estetik didning yanada rivojlanishiga yordam berdi. Tadbir davomida bolalar aralash texnika asosida rasmlar chizdilar, hamda turli xil bezatish va dizaynerlik usullari bilan tanishdilar.

 

30.10.2013 “INFOLIB UZBEKISTAN -2013” haftaligi doirasida tarixchi, arxeolog, akademik Edvard Rtveladze bilan “Dunyoda arxeologiya rivojlanishi tendensiyasi” mavzusida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

30-oktabr kuni Milliy kutubxonada tarixchi, arxeolog, akademik Edvard Rtveladze bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o'tdi. 
Edvard Rtveladze - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, tarix fanlari doktori, professor, jamoat arbobi, buyuk tarixchi olim, arxeolog, pedagog, Oliy Majlis senati a'zosi, «Beruniy» nomidagi davlat mukofoti, «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni, «Mehnat shuhrati» ordeni sovrindori. Mamlakatimiz va xorijda chop etilgan sakkiz yuzdan ortiq ilmiy asarlar muallifidir. 

Oldin   120 121 122 123 124 125 126 127 128 129 130 131 132 133 134 135 136 137 138 139 140 141 142    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar