Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida A.Qahhorning “Yangi asr” nashriyotida nashr qilingan “Muhabbat” nomli qissasining taqdimoti - Bo`limga qaytish


11.12.2014


2014 yil 11 dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kichik majlislar zalida A.Qahhorning “Yangi asr” nashriyotida nashr qilingan “Muhabbat” nomli qissasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Taqdimotda prof. U.Normatov, f.f.n. U.Qosimov, shoir X.Akbarov, O‘zbekiston xalq xofizi H.Rajabiy, “Sharq yulduzi” jurnali bosh muharriri Ulug‘bek Hamdam, A.Qahhor uy-muzeyi direktori N.Jalolovalar va boshqalar ishtirok etdilar.

Tadbirni olib borgan Milliy kutubxona bosh muharriri, shoir Shukur Qurbon O‘zbekiston xalq yozuvchisi, o‘zbek adabiyoti va san’ati rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan adib, o‘zbek xalqining hayoti, insonning ichki va ruhiy holati to‘g‘risida o‘lmas asarlar yaratgan A.Qahhor hayoti, ijodi, uning asarlarining hozirgi kundagi ahamiyati va kitoblariga bo‘lgan ehtiyoj haqida gapirdi.

Taqdimot marosimida so‘zga chiqqan prof. U.Normatov yig‘ilganlarga adabiyotga shoir sifatida kirib kelib, keyin hikoyanavis, publitsist, romannavis, dramaturg, jurnalist, tarjimon hamda so‘z ustasi sifatida shuhrat qozongan ulkan adib Abdulla Qahhorning shogirdi sifatida o‘z xotiralari bilan o‘rtoqlashdi.
Qaxxorshunos olim, f.f.n. U.Qosimov esa uning hiqoyalarida g‘oyalar jamiyat qiyofasini namoyon qilgani va shu tufayli uning asarlari chinakam o‘zbekona nasr namunasi deb tan olinganligi haqida so‘zladi va yoshlarning mustahkam do‘stligi, ikki qalbning otashin hissiyotlari madh etilgan “Muhabbat” qissasining kitobxonlar tomonidan sevib o‘qilishining sabablarini sanab o‘tdi.

A.Qahhor uy-muzeyi xodimi Marxabo Qo‘chqorova A.Qahhor asarlarinig ilmiy tadqiq etilgan va etilishi kerak bo‘lgan jixatlari haqida gapirar ekan, mazkur muzey xodimlarining shu kungacha bajargan ilmiy izlanishlari haqida gapirib berdi.
Taqdimot so‘ngida yig‘ilganlarga “Yangi asr” nashriyotida nashr qilingan “Muhabbat” nomli kitob tuhfa etildi.

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar