Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxronasida O‘zbekiston Davlat madhiyasi 22 yilligi munosabati bilan qo‘rgazma - Bo`limga qaytish


10.12.2014


O‘zbekiston Milliy kutubxronasi “Adolat” o‘quv zalida O‘zbekiston madhiyasi 22 yilligi munosabati bilan qo‘rgazma tashkil etildi. Ko‘rgazmadagi qitoblar va risolalar "O‘zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi to‘g‘risida"gi Qonun 1992 yil 10 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasida qabul qilingani, O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat suverenitetining ramzi ekani va unga ehtirom bilan qarash har bir fuqaroning vatanparvarlik burchi ekanini yana bir bor yodga soladi.

Ko‘rgazmani tashkil etishdan maqsad, yosh avlodni milliy an’analarimiz, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat-ehtirom, ona Vatanga muhabbat, sadoqat ruhida tarbiyalashda madhiya alohida o‘ringa ega ekanligini, yurtimizningning eng ulug‘ qo‘shig‘ini e’zozlash, yod olish va baralla kuylash har bir yurtdoshimizning burchi ekanligi e’tirof etish.
Shunisi quvonarliki, Davlat madhiyasini davlat arbobi ham, g‘alaba qozongan sportchi ham, ishchi-ziyoli ham, talaba ham, maktab, kolledj, litsey o‘quvchisi ham, bolalar bog‘chasi tarbiyalanuvchisi ham cheksiz fahr tuyg‘usi bilan qalbdan taralayotgan madhiyani qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib sevib ijro etadi.

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar