Foydali resurslar
“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi mamlakat hayotida ulkan siyosiy voqea, yangi O‘zbekistonni qaror toptirish jarayonidagi muhim qadam bo‘ldi. Konstitutsiya suveren davlatimizning qonunchilik – huquqiy negizini shakllantirishning asosiy poydevori, mustaqil davlatchiligimizning tamal toshi bo‘ldi”.
I.A. Karimov
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Tafakkur” o‘quv zalida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 22 yilligiga bag‘ishlangan kitoblar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining demokratik va huquqiy davlat qurishdan maqsadi – mamlakatda yashovchi har bir kishining huquq va erkinliklarini to‘la ta’minlashdir. Buning uchun avvalo O‘zbekistonda huquqiy asos yaratildi, ya’ni respublika Konstitutsiyasi va qabul qilingan qonunlarda umume’tirof qilingan xalqaro hujjatlar qoidalariga mos keluvchi inson huquq va erkinliklari belgilab qo’yildi. Prezidentimiz I.A. Karimov rahbarligida demokratik davlat bunyod etish jarayonini boshlab yubordi.

Bizning Respublikamiz ushbu yo‘lda dastlab butun jamiyatni demokratik asosda batamom yangilash imkoniga ega bo‘lgan, demokratiyani, tenglikni, hurlikni, inson huquqlari ustuvorligini kafolotlovchi asosiy meyo’riy huquqiy hujjat – Konstitutsiyaga ega bo‘lganimizdir.

Ma’lumki, har bir davlatda, uning ichki va tashqi hayotini tartibga solish va davlat mexanizmining rejali ishlab turishini ta’min etish uchun ko‘plab qonunlar va qonunosti aktlar qabul qilinadi. Ularning ba’zilari iqtisodga, ba’zilari siyosatga, ba’zilari esa madaniyat va hayotning boshqa sohalariga tegishli bo‘lishi mumkin. Ammo bu qonunlarning hammasini bir maqsad, va bir g‘oya va bir tartibga bo’ysundiradigan yagona umumdavlat asosiy qonuni – Konstitutsiyadir.
Davlatimizning bu Asosiy qonuni umumbashariy g‘oyalar bilan sug‘orilgan, O‘zbekiston xalqlarining asriy ezgu orzusi bo‘lmish mustaqillikka, jamiyatda yangi ijtimoiy muhit yaratishga xizmat qilishga qaratilgan.
Mazkur ko‘rgazmada Konstitutsiyaning mazmun – mohiyatini ochib beruvchi, yoshlarimiz uchun Konstitutsiya va uning asosida qabul qilingan boshqa muhim qonunlarimizning mazmun – mohiyatini chuqur va mukammal o‘rganishlarida, hamda Respublikamizda demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurishga, ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirishga hizmat qiluvchi kitoblar o‘rin olgan.
