Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 22 yilligiga bag‘ishlangan yig‘ilish - Bo`limga qaytish


05.12.2014


2014 yil 3 dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 22 yilligiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Milliy kutubxona direktori A.Xodjayev barcha ishchi va xodimlarni Konstitutsiyamizning 22 yilligi bilan tabrikladi va uning har bir fuqaro hayotida tutgan beqiyos o‘rni, mamlakatimiz osoishtaligi va ravnaqi, jamiyat farovonligi kafolati ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Bu yilgi Konstitutsiya kuni 21 dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylovlar kuni arafasida nishonlanayapti. Bu esa barchamizni Konstitutsiya bizga bergan davlatimiz kelajagini hal qilish huquqini to‘laqonli anglashni, saylovlarga mas’uliyat bilan yondashishni taqozo etadi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinishining tarixiy ahamiyati, fuqarolik jamiyatini shakllantirish, tinchlik-osoyishtalik hamda millatlararo totuvlikni ta’minlash, iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish, yoshlarga jahon andozalari darajasida ta’lim berish borasida amalga oshirilayotgan ishlarda Asosiy qonunimiz mustahkam asos bo‘layotganligi tilga olindi.

Tadbir davomida so‘nggi yillarda Konstitutsiyamizga kiritilgan o‘zgartirishlar, jumladan, O‘zbekiston saylov tizimini yanada demokratlashtirish va liberallashtirishga, butun saylov jarayonining ochiqligi va oshkoraligi tamoyillarini mustahkamlashga qaratilgan o‘zgarish va qo‘shimchalarning mazmun-mohiyati haqida so‘z bordi.

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar