Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
11.11.2013 Milliy kutubxonada elektron ma'lumotlar bazasining to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda

Milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda. 2013 yil 4  - 8 noyabr holatiga ko‘ra 70 nusxa gazeta; 14 nusxa jurnal; jami 650 bibliografik yozuv kiritildi; 250 bibliografik yozuv tahrir qilindi.

11.11.2013 O'zbekiston Milliy kutubxonasida O'zbeknavo estrada birlashmasi va Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda

8-noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasida O'zbeknavo Estrada birlashmasi, Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunni munosib kutib olish uchun tayyorgarlik ko'rish hamda Adib nashriyoti tomonidan nashr etilgan "Sozimda Vatan vasfi" deb nomlangan kitob taqdimotiga bag'ishlangan ijodiy uchrashuv bo'lib o'tdi.

04.11.2013 Milliy kutubxonada elektron ma'lumotlar bazasining to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda


Milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda. 2013 yil 28 oktyabr - 1 noyabr holatiga ko‘ra 36 nusxa gazeta; 8 nusxa jurnal; jami 301 bibliografik yozuv kiritildi; 249 bibliografik yozuv tahrir qilindi.

01.11.2013 “INFOLIB UZBEKISTAN -2013” Milliy axborot-kutubxona haftaligining yakunlari


1 noyabr “INFOLIB UZBEKISTAN -2013” Milliy axborot-kutubxona haftaligida - Mutaxassis kuni deb e'lon qilindi. Haftalik doirasida axborot-kutubxona mutaxassislari uchun seminarlar, taqdimotlar va ijodiy uchrashuvlar o‘tkazildi. Soha mutaxassislari uchun KBK va ISSN bo‘yicha seminar o‘tkazilishi ham axborot-kutubxona mutaxassislari uchun Milliy kutubxonaning faoliyati, undagi yangi dasturlar bilan tanishib chiqish imkonini berdi. Seminarda Milliy kutubxona mutaxassislari o‘z ma'ruzalari bilan chiqish qildilar.

01.11.2013 “INFOLIB UZBEKISTAN -2013” haftalik doirasida bolalar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha turnir o‘tkazildi

31 oktyabr kuni Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Milliy kutubxonaning “Adolat” o‘quv zalida 6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida O‘zbekiston shaxmat Federatsiyasi bilan hamkorlikda shaxmat bo‘yicha turnir o‘tkazildi. Tadbirni tashkil etishdan maqsad yoshlarni shaxmat tarixi, O‘zbekistonda shaxmat sportining rivojlanishi va shaxmat olamida sodir bo‘layotgan oxirgi yangiliklari haqida ma'lumotlar berish edi. 
Tadbirda shaxmat sporti bo‘yicha nashr qilingan yangi kitoblar va shu mavzuga oid jurnallar ko‘rgazmasi ham tashkil qilindi.
31.10.2013 “INFOLIB UZBEKISTAN - 2013” Milliy axborot-kutubxona haftaligi - tanlovlar kuni

Milliy kutubxonada “INFOLIB UZBEKISTAN - 2013” haftaligi doirasida 31 oktyabr kuni bir qancha tanlovlar bo‘lib o‘tdi. Ulardan biri “Adabiyot bilimdoni” tanlovidir. Ushbu tanlovning o‘tkazilishidan asosiy maqsad mumtoz va hozirgi o‘zbek adabiyoti hamda jahon adabiyotining eng yaxshi bilimdonini aniqlashdir. Badiy asarlar bo‘yicha eng yaxshi bilimdonlar bellashuvi viktorina tarzida adabiyotning quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazildi: o‘zbek klassik adabiyot bilimdoni, hozirgi zamon o‘zbek adabiyoti bilimdoni,  jahon klassik adabiyoti bilimdoni, hozirgi zamon jahon adabiyoti bilimdoni. Tanlovda Maxmuda Valiyeva, Jaxongir Norbutayev, Mavluda Imomnazarova, Nodira Ayupovalar g‘olib deb topildilar hamda kutubxona tomonidan MR-3 pleyer, fleshka, kitob kabi esdalik sovg‘alariga ega bo‘ldilar.


Oldin   119 120 121 122 123 124 125 126 127 128 129 130 131 132 133 134 135 136 137 138 139 140 141    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar