Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
24.12.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Asqad Muxtor tavalludining 95 yilligi munosabati bilan “Bo‘ronlarda bordek halovat” mavzusida bibliografik obzor bo‘lib o‘tdi


2015 yil 23 dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston xalq yozuvchisi, atoqli shoir, nosir va mohir tarjimon sifatida o‘zbek madaniyati taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan Asqad Muxtor tavalludining 95 yilligi munosabati bilan “Bo‘ronlarda bordek halovat” mavzusida bibliografik obzor bo‘lib o‘tdi. Unda Uchtepa tuman milliy xunarmandchilik kasb xunar kolledji o‘quvchilari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar. 

22.12.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Koreya multiplikatsionn filmi kuni bo‘lib o‘tdi


2015 yil 22 dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekistondagi Koreya Respublikasi elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan «Korean Animation Day-2015» tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda “Koreyaga yo‘l” o‘qish zalining doimiy foydalanuvchilari va kutubxonaning mazkur tadbirga qiziqqan  barcha foydalanuvchilari ishtirok etishdi.

21.12.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Abu Nasr Farobiy va hozirgi zamon” mavzusida ilmiy-ma’rifiy seminar bo‘lib o‘tdi


2015 yil 21 dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Faylasuflar Milliy jamiyati bilan hamkorlikda “Abu Nasr Farobiy va hozirgi zamon” mavzusida  ilmiy-ma’rifiy seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda faylasuflar, tarixchilar, Toshkent arxitektura-qurilish instituti professor-o‘qituvchilari, talabalari va kutubxona foydalanuvchilari  ishtirok etdilar.  

21.12.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Lyudvig van Betxoven ijodiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi


O‘zbekiston Milliy kutubxonasining “Ijod” musiqiy zalida  buyuk nemis kompozitori Lyudvig van Betxoven ijodiga bag‘ishlangan “Buyuk va mashhur” nomli ko‘rgazma ochildi.

Lyudvig van Betxoven 1770 yilda Bonnda saroy kapellasi xonandasi xonadonida tavallud topdi. U yaratgan musiqa 2 asrdan buyon tinglovchilar qalbini junbishga keltirmoqda. Ma’rifat davri namoyondasi, nemis klassik musiqasi va falsafasi vakili, pianinochi, direjyor Lyudvig van Betxoven o‘z asarlarida insoniyatning erkinlik va baxt to‘g‘risidagi asriy orzusini tarannum etdi. Uning ijodi qahramonlik, yuksak g‘oyalar va obrazlar, kuchli dramatizm va ulkan emotsional kuchga ega. Uning mukammal asarlarida insonparvarlik, ma’naviy boylik, donolik va insoniylik mujassam. 

19.12.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida professor Suyun Qoraevning 90 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi


2015 yil 19 dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida nomshunos olim, geograf, tilshunos, tarjimon, professor Suyun Qoraevning 90 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Inson huquqlari bo‘yicha o‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi va O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat ko‘mitasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan mazkur tadbirda geograf olimlar, tilshunoslar, adabiyotshunoslar, tarjimonlar va yozuvchilar ishtirok etdilar.

17.12.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston xalq artisti Hamza Umarov tavalludining 90 yilligi munosabati xotira kechasi bo‘lib o‘tdi


2015 yil 17-dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston xalq artisti, teatr va kino aktyori Hamza Umarov tavalludining 90 yilligi munosabati bilan “Tug‘ma iste’dod sohibi edi...” mavzusida xotira kechasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Muqimiy nomidagi o‘zbek respublika musiqali teatri aktyorlari: N.Pulatova, D.Safaeva, T.Beknazarov, teatrning adabiy emakdoshi T.Mirzo, dramaturg X.Rasulov, taniqli rejissyor X.Qahramonov, teatr san’ati ixlosmandlari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.


Oldin   2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar