Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasining fondi Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining metodik qo‘llanmallari bilan to‘ldirildi - Bo`limga qaytish


04.12.2014


O‘zbekiston Milliy kutubxonasining fondi Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining axborot-tahliliy faoliyati kompleks dasturini tadbiq etish doirasida «Xalq deputatlari mahalliy kengashlaridagi siyosiy partiyalar guruhlari faoliyatini tashkil etish», «Siyosiy partiyalar boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatini tashkillashtirish masalalari bo‘yicha», «Zamonaviy saylov texnologiyalari va ularni O‘zbekiston sharoitida qo‘llash imkoniyatlari», «Siyosiy partiyalardagi tashkiliy ishlar va kadrlar bilan ishlash», «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari maxalliy Kengashiga saylov o‘tkazishni tashkil etish va saylovlarni o‘tkazish davrida partiyalarning saylov shtablari faoliyati masalalari bo‘yicha» nomli o‘zbek va rus tillaridagi metodik qo‘llanmalari bilan to‘ldirildi.

Ushbu qo‘llanmalar saylov kampaniyalarini tashkil etishda qo‘llanuvchi samarali saylov texnologiyalariga, partiya guruhlarini tashkil etishni takomillashtirish, ularning optimal tashkiliy strukturasini tashkillashtirish masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, ularda saylovlarga tayyorgarlik jarayonida boshlang‘ich tashkilotlar e’tiborini qaratishi kerak bo‘lgan masalalar bo‘yicha metodik tavsiyalar berilgan.
Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti tomonidan tavsiya etilgan metodik qo‘llanmalarda siyosiy tushunchalarga atroflicha ta’rif, tasnif, partiyaviy kadrlarga qo‘yiladigan talablar, siyosiy partiyalarning kadrlar nomenklaturasi, kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish masalalari, suhbatlashish, attestatsiya va shu masalalarga dahldor xorijiy tajriba o‘rin olgan.
Qo‘llanmalar viloyat siyosiy partiyalar kengashlari raislariga, partiya guruhlariga, faollariga, O‘zbekistonda siyosiy partiyalarning saylov jarayonlarida ishtiroki va kadrlar bilan ishlash masalalariga qiziquvchilar va keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar