Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi-mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati» mavzusida davra suhbati - Bo`limga qaytish


04.12.2014


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 22 yilligi munosabati bilan 2014 yil 4 dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi majlislar zalida O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi tomonidan «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi-mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati» mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi mas’ul xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi a’zolari, Toshkent viloyati va shahar Kengashlari xodimlari, targ‘ibotchi guruhlari a’zolari, yirik BPT raislari, olimlar, «Faol ayollar» va «Istiqbol» yoshlar qanoti vakillari hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirni XDP MK mafkuraviy va targ‘ibiy-tashviqiy masalalar bo‘yicha rais o‘rinbosari Sh.Abdullayeva olib borar ekan, mazkur tadbir O‘zbekiston Konstitutsiyasida belgilangan tamoillar, haq-huquqlar va majburiyatlar rivojlangan demokratik davlat barpo etish va xalqimizga munosib turmush sharoitlarini yaratib berish kabi ezgu maqsadlarga erishishda muhim ahamiyatga ega ekanligini keng jamoatchilik, ayniqsa yoshlar orasida targ‘ib qilishda partiya tashkilotlarining faol ishtirokini ta’minlash maqsadida tashkil etilganligini aytib o‘tdi.

Yuristlar malakasini oshirish Markazi kafedra mudiri yu.f.d. B.Toshev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi yaratilishi va uning boshqa davlatlar Konstitutsiyasidan farqli tomonlari haqida gapirdi. «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilishida xalqning o‘zi katta rol o‘ynagan, chunki u qabul qilinganda kunda Mustaqillik qariyb 1,5 yoshda edi. Bu davrda mamlakatimiz ma’lum bir tarixiy jarayonlarni bosib o‘tdi va buyuk demokratik davlat qurishda tamal toshini qo‘yuvchi, xalq talablari, huquq va ehtiyojlarini o‘zida aks etgan mukammal qonunlar majmuyini yaratilishiga imkon berdi», dedi notiq.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, XDP fraksiyasi a’zosi A.Q.Rahimov o‘z nutqini ilk bor saylovda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan yoshlarni qutlash bilan boshladi va ularga bu tanlovga jiddiy yondashishlarini tiladi. Notiq O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi haqida gapirar ekan, avvlambor uning muqaddimasiga barchaning e’tiborini qaratdi. Shuningdek, yig‘ilganlarni Konstitutsiyaga kiritilagan o‘zgartirishlar bilan, har bir moddaga alohida to‘xtalgan holda tanishtirdi.

Toshkent Davlat yuridik universiteti dotsenti O.K.Turg‘unov yoshlarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati, uning har bir fuqarolarning shaxs sifatida shakllanishidagi roli haqida gapirdi va «Konstitutsiya yoshlar uchun demokratiya maktabini o‘taydi», deb щz sщzini muxtasar qildi.
XDP fraksiyasi a’zosi Xafiza Karimova o‘z nutqida Konstitutsiyamizning xalqchilligini belgillovchi ayollar tenghuquqligi, ota-onalar va farzandlar huquq va majburiyatlari haqidagi boblar borasida so‘zladi.
Davra suhbati so‘ngida yig‘ilganlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar va turli takliflar bilan murojaat qildilar.

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar