Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Rakursda - Markaziy Osiyo tarixi - Bo`limga qaytish


04.12.2014


Milliy kutubxona kitob muzeyida navbatdagi Markaziy Osiyo xalqlari tarixiga oid kitoblar ko‘rgazmasi boshlandi. Ushbu mavzudagi kitoblar namoyishi joriy yilning 1 dekabridan 31 dekabriga qadar davom etadi.

Ko‘rgazma tarix, etnografiya, geografiya va boshqa fanlar uchun muhim bo‘lgan, asosan XIX asrda nashr etilgan kitoblardan tashkil topgan. Muzeyga kitoblarni tanlashda ularning ilmiyligi, tarixiy hamda haqqoniyligiga e’tibor qaratildi.

Ko‘rgazmada Markaziy Osiyo xalqlari tarixini o‘rganishga katta hissa qo‘shgan V.V. Bartold, A.F. Middendorf, N.Ya. Bichurin, Sh.E. de-Uyfalvi, A.K. D'Osson, E.D. Ross va boshqa taniqli olimlarning asarlari o‘rin olgan.
Shuningdek, ko‘rgazmada XIX asrda Yevropa, Rossiya va boshqa davlatlardan Markaziy Osiyodagi davlatlar hamda uning atrof hududlariga turli maqsadlar bilan tashrif buyurgan diplomatlar va mashhur sayyohlarning kitoblari namoyish etilmoqda.

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar