Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Milliy kutubxonada Qurolli kuchlar Akademiyasining tadbiri - Bo`limga qaytish


03.12.2014


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 22 yilligi munosabati bilan 2014 yil 3 dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar Akademiyasining muddatli harbiy xizmatchilari, Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani mudofaaga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti kursantlari hamda Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi akademik litsey yoshlari bilan madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Respublika jamoatchilik kengashi raisi o‘rinbosari M.H.Umarov, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi markaziy kengashi a’zosi G.S.Asatova, Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti O.K.Turg‘unov, Milliy kutubxona bosh muharriri, shoir Shukur Qurbon, Mudofaaga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti shahar kengashi raisi o‘rinbosari S.M.G‘aniyevlar ishtirok etdilar va tinglovchilarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilab berilgan talab va me’yorlarning o‘z aksini topayotgan ijobiy ta’siri haqida so‘zlab berdilar.

Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar Akademiyasi boshlig‘ining tarbiyaviy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari v.v.b. podpolkovnik Baxrom Ashirov olib bordi. Tadbirni ochiq deb e’lon qilar ekan B.Ashirov bosh Qomusimizni davlat havfsizligini ta’minlaydigan xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalari va prinsiplar asosida qabul qilinganligini ta’kidlab o‘tdi va «Asosiy qomusimiz milliy havfsizlik va mudofaa organlari tizimining ham yangidan shakllanishiga, ularning samrali faoliyat ko‘rsatishiga oid davlatimizning ichki va tashqi siyosati ko‘lamini belgilab berib, ularda xalqimiz manfaatlari, yurtimiz farovonligi hamda havfsizligidan kelib chiqqan holda mamlakatimizning xalqaro munosabatlarda teng huquqli sub’ekt ekanligi maqomini huquqiy asoslab berdi», dedi.

Milliy kutubxona bosh muharriri, shoir Shukur Qurbon o‘z nutqida Konstitutsiya bergan huquqlardan biri bo‘lmish so‘z erkinligi haqida so‘zladilar va kursantalar, talaba va o‘quvchilarga o‘z ijodiga mansub she’rlardan o‘qib berdilar.
Savol-javoblardan so‘ng tinglovchilar e’tiboriga hozirgi kunda harbiy xizmatchilarga yaratilgan sharoitlar va harbiy xizmat tartiblari to‘g‘risida hiqoya qiluvchi «Armiyadagi xizmatim-mening faxrim» deb nomlangan film namoish etildi.

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar