Foydali resurslar
2014 yil 2 dekabr kuni Milliy kutubxona anjumanlar zalida Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 22 yilligiga bag‘ishlab O‘zbekiston xalq yozuvchisi, Davlat mukofoti laureati Muhammad Alining “Ulug‘ saltanat” epopeyasi taqdimotini hamda shu mavzuga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etdi.

Tadbirda Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi rahbari Qahramon Quronboyev, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz direktori, yu.f.d. professor Akmal Saidov, tilshunos olim, akademik Baxtiyor Nazarov, Amir Temur xalqaro hayriya jamg‘armasi rahbari o‘rinbosari To‘lqin Hayit, t.f.n. Temurshunos olim Omonulla Bo‘riyevlar, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali, yozuvchi-shoirlar, aktyorlar, san’at sohasi vakillari, talaba yoshlar keng jamoatchilik hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.

Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar epopeyaning maqsadi, uning mazmun-mohiyati hususida so‘z yuritar ekanlar eng avvalo asarning jamiyat oldida turgan dolzarb vazifalari mavjudligi xalqimizda ayniqsa, yoshlarimizning tafakkurida, ularning qalbida vatanparvarlik hususiyatini uyg‘otishda muhim ahamiyat kasb etishi kerakligi to‘g‘risidagi fikr mulohazalar bildirildi, dolzarb mavzular hususidagi muammolar muhokama etildi.

“Jahongir Mirzo”, “Umarshayx Mirzo”, “Mironshoh Mirzo” va “Shohruh Mirzo” deb nomlangan 20 yil davomida yozilgan tetrologiyadan iborat bu epopeyada jahon tamaddunida muhim rol o‘ynagan daho, ulug‘ shaxs - Amir Temur hayoti va qismati, oilasi, farzandlari, zamondosh va davradoshlari, muholiflariyu do‘stlari, davri, muhiti, yurtdoshlari, orzu-umidlari, fe’l-atvori, yutuq va kamchiliklari, adolati, bunyodkorligi hamda markazlashgan davlat qurishdan iborat maqsad va g‘oyalari bilan bizlarni yaqindan tanishtiradi.

Epopeyada hikoya etilgan tarixiy voqealarning O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, rassom Alisher Aliqulov tomonidan mohirona tasvirlanganligi qitobxonlarni o‘zini Temuriylar hukmdorligi davrida tasavvur etishiga undaydi.
Tadbirda O‘zbekiston xalq artisti Tesha Mo‘minov hozirgi kunga qadar O‘zbek Milliy akademik teatrida sarkarda va ma’rifatparvar Amir Temur siymosi gavdalantirilgan sahna ko‘rinishlaridan misollar keltirdi va “Amir Temur monologi”ni ijro etdi.
Epopeya kitobxonlarda katta taassurot qoldirib, ularning tarixiy kitoblar o‘qishga bo‘lgan ehtiyojini qondirishiga va ularning eng sevimli kitoblaridan biri bo‘lib qolishiga umid qilamiz.