Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi


01.12.2014


Kirib kelayotgan Yangi yil munosabati bilan O‘zbekiston Milliy kutubxonasi «Kadrda qish» nomli foto tanlov o‘tkazilishini ma'lum qiladi.
Tanlovda qatnashish istagida bo‘lganlar 25 dekabrga qadar O‘zbekiston Milliy kutubxonasining elektron pochtasi photo@natlib.uz orqali o’z foto surat hamda o‘zlari haqidagi ma'lumotnomani taqdim etishlari so‘raladi.

Fotosuratlarga qo`yilgan talablar quyidagilardan iborat:
• tanlovga qo`yiladigan fotosuratlar ishtirokchining o`ziga tegishli yoki u tomonidan suratga olingan bo`lishi kerak;
• tanlovga fotoplyonkalar, fotobanklardan olingan yoki pornografik elementlarga ega bo`lgan fotosuratlar qabul qilinmaydi;
• fotosuratlar ramkasiz, yozuvlarsiz, belgilarsiz bo`lishi kerak;
• tanlovga professional hamda havaskorlar tomonidan olingan fotosuratlar qabul qilinadi;
• suratlar jpg formatida uzunasiga 800 px dan kam bo`lmasligi kerak;
• fotosuratlarni grafik taxrirlash  mumkin;
• tanlovda har bir ishtirokchidan 1 dona fotosurat  qabul qilinadi;
• suratlarga imzo qo`yish talabga muvofiq hisoblanadi;
• O`zbekiston manzaralari, tabiati, shaharlarini aks ettirgan «Kadrda qish» mavzusidagi fotosuratlar.

Tanlov g‘oliblari 2014 yilning 29 dekabr  kuni e'lon qilinadi.
Murojaat uchun: 239-19-02

 

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar