Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
«Competizione dell’Opera» XIV xalqaro italyan operasi ijrochilari tanlovi matbuot anjumani O‘zbekiston Milliy kutubxonasida - Bo`limga qaytish


28.11.2014
2014 yil 28 noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi anjumanlar zalida «Competizione dell’Opera» XIV xalqaro italyan operasi ijrochilari tanlovi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
 
 
Tanlov tashkilotchilari, ya'ni O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi,  Avstriyadagi “Competizione dell’ opera” Xalqaro opera ijrochilari tanlovi Assotsiatsiyasi, «Uzbekteatr» ijodiy uyushmasi. A.Navoiy nomidagi DAKT vakillari OAV xodimlari tomonidan berilgan tanlovning tashkiliy jihatlari, uning o‘tkazilishi sharoitlari va ko‘lamiga dahldor savollariga atroflicha javob berdilar. Matbuot anjumanida OAV xodimlari har bir ishtirokchi va hayat a'zosining tanlov haqidagi fikrlarini eshitish va tasvirga tushirish imkoniga ega bo‘ldilar.
 
 
 
Tanlov 1996 yilda ilk bor va 2011 yilga qadar har yili  Germaniyada  o‘tkazib kelingan. 2011 yilda Moskvada, keyinchalik Belorussiya va Avstriyada o‘tkazilgan mazkur nufuzli tanlovning navbatdagi yarim final va final bosqichlarini o‘tkazish Alisher Navoiy nomidagi DAKT tashabbusi bilan Toshkentda o‘tkazildi.
 
 
«Competizione dell’ Opera» tanlovining Toshkentda bo‘lib o‘tgan yarim final bosqichida Osiyo, Yevropa, Avstraliya, Afrika va Janubiy Amerika mamlakatlarida o‘tkazilgan italyan operasi ijrochilari tanlovlarining saralash bosqichlari g‘oliblari kuch sinashdilar. 65 ishtirokchidan 32 tasi O‘zbekiston opera sahnasi kelajagi namoyondalari ekanligi quvonarli hol. Hattoki, O‘zbekiston, Germaniya, Avstriya, Ozarbayjon, Buyuk Britaniya, Italiya, Rossiya va Xitoylik mashhur opera ijrochilari, madaniyat va san'at namoyondalaridan tarkib topgan nufuzli hayat a'zolari, bu yilgi tanlov ishtirokchilarining qobiliyatlari va mahoratlarini hisobga olgan haolda, ularni baholash mushkul bo‘l-ganligini tan oldilar.
 
 
Final bosqichiga chiqqan 20ta ijrochilar orasida bo‘lib o‘tgan tortishuvlardan so‘ng 1 -  o‘rin o‘zbekistonlik Barno Ismatullayevaga, 2-o‘rin belorussiyalik Pavel Pyatrouga va 3 - o‘rin rossiyalik Mariya Bayankina va  Jabroil Idrisovlarga nasib etdi.
 
 
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar