Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Muqimiy nomidagi O‘zbek davlat Musiqiy teatrining 75 yilligiga bag‘ishlangan kitob ko‘rgazmasi - Bo`limga qaytish


27.11.2014


Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Ijod” o‘quv zalida Muqimiy nomidagi O‘zbek davlat Musiqiy teatrining 75 yilligiga bag‘ishlangan kitob ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
Qo‘rgazmadan o‘zbek teatr san’ati fidoiylari va ijodkorlari, teatr an’analari, drama janri va taniqli dramaturglar haqida hikoya qiluvchi kitoblar o‘rin olgan.

Muqimiy nomidagi O‘zbek davlat Musiqali drama teatri 1939 yil 30 noyabrda teatr truppasi sifatida o‘z faoliyatini Hamza Hakimzoda Niyoziyning “Maysaraning ishi” komediyasi tomoshasi bilan boshlagan. Muqimiy nomi ham teatrga shu yili berilgan. Uning hozirgi binosi esa 1943 yilda foydalanishga topshirilgan.Teatrga o‘sha davrning mashhur komik aktyori, O‘zbekiston xalq artisti Mirshohid Miroqilov rahbarlik qilgan. Muqimiy teatrida Maryam Yoqubova, Abbos Bakirov, Soib Xo‘jayev, Omina Fayozova, Mirvali Mirtolipov, Mahmudjon G‘ofurov, Anvar Yusupov, Zuhra Shermatova, Muharram Ermatova, Turg‘un Zohidov, Shahodat Rahimova, Jo‘raxon Sultonov kabilar esda qolarli rollar ijro etib, hozirgi tomoshabinlarga ham tanish bo‘lib kelmoqdalar. Muqimiy teatrida K.Yashinning “Farhod va Shirin”, S.Abdullaning “Muqimiy”, H.G‘ulomning “Toshbolta oshiq”, N.Safarovning “Kimga to‘y, kimga aza”, Z.Fatxullinning “Yoshlikda bergan ko‘ngil”, M.Karimovning “Qalam qoshligim” kabi spektakllari haligacha sahnalashtirilib shuxrat qozonib kelmoqda.

Bugungi kunga kelib teatr jamoasida ijodkorlar safi ancha kengaydi. Keyingi yillarda tomoshabinlar e’tiborga “Kuyovlar konkursi”, “Toshkentga sayohat”, “Dilafruzga to‘rt oshiq”, “Fotima va Zuhra”, “Taqdir va “Nodirabegim” kabi musiqali dramalari havola etildi.
Teatrning xozirgi repertuarini “Osmonning bag‘ri keng”, “Bobur sog‘inchi”, “Farishtali ayol”, “Jaydari kelin”, “Bog‘”, “To‘da”, “Toshkentning nozanin malikasi”, “Otabek va Kumushbibi”, “Tobutdan tovush”, “Bu telba xonadon”, “Sinfdosh yoxud kuyovlikka nomzod” va “Tuzoq” spektakllari tashkil etadi.

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar