Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
25.11.2013 Turkmaniston Prezidentining O’zbekiston Milliy kutubxonasiga tashrifi


25 noyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Milliy kutubxonaga tashrif buyurdilar. Tashrif chog’ida Davlatimiz rahbari mamlakatimizda milliy va jahon madaniyati, fan va ta`limni rivojlantirish yo`lida axborot-kutubxona faoliyati sohasida o’tkazilayotgan islohotlar natijasi haqida; Milliy kutubxona yangi binosining tashkil etilishi, aholiga, ayniqsa yoshlarga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini (matn, audio, video, grafika) joriy qilish orqali axborot-kutubxona xizmatini ko’rsatish, ularni intellektual salohiyatini, bilimini, ma`naviy axloqiy va madaniy ehtiyojlarini to`liq qondirish imkoniyatini berishi haqida, hamda kutubxonada foydalanuvchilar uchun qulay shart-sharoitlar, keng axborot resurslari bazasini yaratish sohasida bir qancha ijobiy natijalarga erishganligini haqida batafsil ma`lumot berib o`tdi. 

25.11.2013 Milliy kutubxonada elektron ma'lumotlar bazasining to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda


18 - 22 noyabrgacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 101 ta yangi nomdagi kitob qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazildi (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat - 19 nusxa; tibbiyot - 3 nusxa; ta'lim va madaniyat - 5 nusxa, badiiy adabiyotlar - 31 nusxa; qishloq xo‘jaligi - 2 nusxa; texnika - 5 nusxa; san'at - 1 nusxa; tabiiy fanlar - 2 nusxa; sport - 1 nusxa; ma'lumot adab. - 4 nusxa; yuridik fanlar - 14 nusxa; psixologiya - 3 nusxa; tilshunoslik - 11 nusxa). Ularga texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi. 

22.11.2013 O’zbekiston Milliy kutubxonasida olim To’ra Mirzayevning “Xodi Zarif suhbatlari”, “Go’ro’g’li Sulton dostonlari” kitoblari taqdimoti bo'lib o'tdi
O’zbekiston Milliy kutubxonasida olim To’ra Mirzayevning “Xodi Zarif suhbatlari”, “Go’ro’g’li Sulton dostonlari” kitoblari taqdimoti bo'lib o'tdi.
22 noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasida olim To‘ra Mirzayev bilan ijodiy uchrashuv hamda “Xodi Zarif suhbatlari”, “Go‘ro‘g‘li Sulton dostonlari” kitoblari taqdimoti bo'lib o'tdi. 
Ma’lumot: To‘ra Mirzayev 1936 yilda tug‘ilgan. 1957 yilda Buxoro davlat pedagogika institutini tamomlagan. 1960 yilgacha Surxondaryo viloyatida o‘qituvchilik qilgan. 1961 yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi til va adabiyot institutida aspirant, kichik ilmiy xodim
20.11.2013 E'LON


Texnik sabablar hamda sanitariya-profilaktika ishlarini olib borish maqsadida Milliy kutubxona foydalanuvchilarga:
21 noyabr kuni xizmat ko‘rsatmaydi;
22 noyabr kuni soat 12.00dan xizmat ko‘rsatadi.

 
Ma'muriyat
18.11.2013 Hurmatli kitobxon!

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida, Kutubxonaning elektron katalogi AIBS dasturiga kiritilgan bibliografik yozuvlarga, to‘liq matnli elektron ko‘rinishdagi resurslar ulandi.
To’liq matnli electron resurslarni Milliy kutubxonaning o’qish zallari kompyuterlaridagi AIBS dasturi,  elektron katalog orqali, o‘zingizga kerakli resursni tanlab, o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. 
18.11.2013 18 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan «Tafakkur» o‘quv zalida kitob-rasmli ko‘rgazma tashkil qilindi

18 noyabr kuni O’zbekiston Milliy kutubxonasining «Tafakkur» o‘quv zalida O‘zbekiston Respublikasi Bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan kitob-rasmli ko‘rgazma tashkil qilindi. 
O‘zbekiston Respublikasi Bayrog‘i 1991-yil 18- noyabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII sessiyasida qabul qilindi. O'zbekiston Respublikasining davlat bayrog'i ramzi mamlakatimiz hududida ilgari mavjud bo'lgan g'oyat qudratli saltanatlar bayroqlariga xos bo'lgan eng yaxshi an'analarni davom ettirgan holda respublika tabiatiga xos xususiyatlarni, xalqimizning milliy va madaniy o'zligini ham aks ettiradi.

Oldin   117 118 119 120 121 122 123 124 125 126 127 128 129 130 131 132 133 134 135 136 137 138 139    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar