Foydali resurslar
2014 yil 20 noyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida BMTTD “O‘zing yasa” laboratoriyasi” loyihasi bo‘yicha ishchi davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Loyiha maqsadi – aholi o‘rtasida iste’moldan chiqqan buyumlardan o‘z qo‘li bilan yasash madaniyati ko‘nikmalarini shakllantirish, barmoqlar motorikasini rivojlantirish, yoshlarni internet ijtimoiy tarmoqlaridan chalg‘itib foydali mehnat bilan mashg‘ul qilish, iqtidorli yoshlarni kashf etib ularga o‘zligini anglashda ko‘mak berish.

Davra suhbatiga «Xunarmand» uyushmasi Toshkent shahar boshqaruvi boshlig‘i Chori Shodiyev, O‘zbekiston ishbilarmon ayollar Assotsiatsiyasi biznes maslahatchisi Saida Soliyeva, xususiy tadbirkor A.F.Nurmatov, zardo‘z K.Maxamatov va rassom G.Jalolovalar taklif etildilar.
Loyiha menedjeri Bahodir Ayupov quyidagilarni gapirib berdi: «Mazkur loyiha iste’moldan chiqqan mahsulotlardan ro‘zg‘orbop buyumlar yasash ishlanmasi asosidagi “Garbage Lab” («Chiqindi» laboratoriyasi») deb nomlangan ijtimoiy-innovatsion loyihamizning mantiqiy davomidir. Loyihamizning bu yo‘nalishi xususiy kompaniyalar negizida iste’molga yaroqli buyumlarni ishlab chiqishda atrof muhitga beziyon, qayta ishlanadigan, ekologik toza texnologiyalar asosida ishlab chiqarilajak buyumlar laboratoriyalarni shakllantirishdan iborat».

«Loyihamiz uch yo‘nalishda ishlashni taqozo etmoqda, - dedi loyiha koordinatori Saida Mustafayeva – 1-yo‘nalish – o‘zlari chiqindilardan ro‘zg‘or uchun kerakli bo‘lgan buyumlarni yasab, shu ishga tengdoshlarini ham jalb etishga yordam beruvchi ko‘ngillilarni to‘plash, 2-yo‘nalish – shijoatli tashabbuskorlarni topib, ularga o‘zlarini namoyon etishda imkoniyat berish, 3-yo‘nalish – loyihani amalda keng ishlab chiqarishga tadbiq etish maqsadida tadbirkorlarni toipish».

Hunarmandlar dara suhbatida foydali g‘oyalar va tashabbuslar bildirdilar. Loyihaning muvaffaqiyati maqsadida bu kabi uchrashuvlarning zarurati sezildi va tez-tez uchrashib dolzarb muammolarni hal etib borishga kelishildi.
